Ixtiloflar: sabablar, yechimlar
Diyorimiz musulmonlari qariyb yetmish yil mustabid tuzumning diynga qarshi siyosati ostida yashadilar. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotning barcha jabhalariga erkinlik ne’mati ato qilindi. Xalqimiz o‘zlikni anglash, asl qadriyatlarni tiklash yo‘liga qadam bosdi. Biroq, muqaddas diynimizni o‘rganish va uning ta’limotlariga amal qilish oson ko‘chmadi. Ilmsizlik, dinsizlikning asoratlari yuzaga chiqib, musulmonlar o‘rtasida turli ixtiloflar vujudga kela boshladi. Bir yurtda yashab, bir mazhabga amal qilib kelgan musulmonlar orasida turli nizolar chiqa boshlagach, bu ixtiloflarning sabablari va ularning yechimlarini topishga kuchli ehtiyoj sezildi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining 2003 yilda chop etilgan «Ixtiloflar haqida» kitobi ana shu dolzarb muammoga bag‘ishlangan asar bo‘ldi.
Kitob nomi: | Ixtiloflar: sabablar, yechimlar |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Ixtiloflar: sabablar, yechimlar |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq / 352 |
ISBN: | 978-9943-4632-0-2 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Hilol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |