Iskanja
Ushbu asarda kommunizm iskanjasi qurboniga aylangan bir Uygʼur millatiga mansub musulmon oilasining qismati yoritilgan. Kommunizm niqobi ostida millatning, yoshlarning ongiga maʼnaviyat, madaniyat deb dinsizlik gʼoyalarning singdirilishi, xalqni oʼzligidan, milliy va diniy ildizlaridan judo qilish jarayonlari yorqin ifodalab berilgani ushbu kitob kitobxonni befarq qoldirmasligi tabiiy. Аsarda bir oila, uning aʼzolari boshidan oʼtgan fitna va qiynoqlar misolida butun boshli millatning chekkan dard-u, alam iztiroblari yoritilgandir.
Kitob nomi: | Iskanja |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Çin İşkencesi |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Turkcha |
Formati: | Yumshoq/224 |
ISBN: | 978-9943-7060-6-4 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Ilm-Ziyo-Zakovat |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
7-may 2023 y. 17:06
281
Ushbu kitobni o'qib bo'lib ancha vaqt tafakkur qilib xulosalarni nimalarni yozishim kerak va atrofimdagi do'stlar mana shu kitobni o'qishi uchun nimalar yozishim kerak deb o'ylanib yurdim. Keyin ozgina vaqti jazm qila olmadim ham. Kuni kecha kitobning audio variantini topib olib e'tibor bilan eshitib chiqdim. Xulosa yozishga jazm etdim.
Muallifaning ko'p asarlari singari bu asar ham hayotiy voqealikka asoslanib yozilgan. Asarda Uyg'ur o'lkasida qurilgan kommunizm qurbonlari haqida hikoya qilindi. Bir yigitning butun yoshlik davri tasavvurga sig'maydigan qiynoqlar bilan qamoqda o'tgani va unga sabab o'zining akasi bo'lgani achinarli. 21 yil davomida yigit ko'rmagan qiynoqlari qolmagani va bundaylar atrofida juda ko'pligi undan tashqari …
-
20-mart 2022 y. 17:55
264
bu kitob meni o'ziga sexrlab oldi. bu kitobni ko' qidirdim va axiri topdim. muallifning bu asarini ham maroq ila o'qiyman dega umiddaman. sizlarga katta rahmat
kitobning sarlavhasi o'ziga oxangrabodek tortuvchi so'z, bu asar nomi asar uchun juda mos tanlangan