Ishqqa yengilmayman
Ushbu " Ishqqa yengilmayman" asari turk yozuvchisi Omina Shenliko'g'li qalamiga mansub. Ushbu kitob inson qiymatini belgilab beruvchi tanlov haqida va unda bosh qahramon Yunus ismli yigit bo'lib, xudosizlikdan to Allohni tanishgacha bo‘lgan yo‘lga safarga chiqadi. Yunus o'zining bu safari davomida juda ko‘p qadriyatlari, ishongan va tayangan haqiqatlarini qayta ko‘rib chiqadi, o‘zini tanish iztirobi va lazzatidan bahramand bo‘ladi.
0
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
Asar qahramoni Yunus bo'lib uning hayotidagi asosiy ayol qahramonlar Onasi va suygan qizi Asuman bo'ladi. Biri Yunusni yengil, ammo xudosiz yashashga undasa, ikkinchisi esa, Yaratganni tanish va iymon keltirish baxti bilan sharaflangan hayotga chorlaydi. Bir umr islomni inkor etib kelgan, musulmonlarda tinch hayot va taraqqiyot dushmanlarini ko‘rib kelgan yigit muhabbat tufayli o‘zgarishga ahd qiladi. Asumanning eʼtiboriga tushish uchun dinni o‘rgana boshlaydi, aqlan Allohning borligiga amin bo‘ladi. Tog‘ kiyigidek hurkak va mag‘rur qiz Yunusga qaraydimi? Yunus iymon keltiradimi? Bolalikdan ongiga singdirib kelingan noto‘g‘ri qarashlarni muhabbat sindira oladimi? Dahriy oila eʼtiqodi haëtidan ham muhim bo‘lgan qizni qabul qiladimi? Ushbu asarda shu savollarga javob ola olasiz.
Kitob nomi: | Ishqqa yengilmayman |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Aşka Yenilmeyeceğim |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Turk |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-7592-7-5 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Zukko kitobxon |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |