Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ichindagi ichindadur

    Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali oʼzligini, oʼzligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno boʼlgan koʼzi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, oʼsha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning oʼzligimizni bilishimiz haqida. Аxir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «Oʼzini bilgan avliyo boʼladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning oʼzi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh oʼgʼlini hunarmandlar toʼpiga qoʼshib qoʼyibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh oʼgʼli butunlay ahmoq boʼlgani holda oʼziga oʼrgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, oʼgʼliga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qoʼlingdagi dumaloq, sariq va ichi boʼsh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Аlomatlarini toʼgʼri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. Oʼgʼil «Gʼalvir boʼlsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo gʼalvirning hovuchga sigʼmasligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib.

3 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Ichindagi ichindadur
Kitobning asl nomi: Ichindagi ichindadur
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Yumshoq/272
ISBN: 978-9943-27-365-8
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar