Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Hidoyat imomi

Musulmon tarixchilar, tarixni o‘rgangan odamning umri uzayadi, deyishadi. Haqiqatda tarixni qunt bilan o‘rgangan odam xuddi o‘zi o‘rgangan, o‘sha davrda yashagandek bo‘ladi. Tarixni qunt bilan o‘rgangan odam dunyo tarixida bo‘lib o‘tgan ko‘plab hodisalarning ishtirokchisiga, hech bo‘lmaganda, tomoshabiniga aylanadi desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.Shu bilan  birga, tarix ulkan omonat ham hisoblanadi. Bo‘lib o‘tgan hodisalarni omonat bilib, ularni kelajak avlodlarga yetkazish har bir jamiyatning va uning ilmli a’zolarining burchidir. O‘sha tarixni o‘rganish bilan hozirgi va kelajak avlodning umri uzayadi, tajribasi ortadi. Avvalgilarning foydali ishlarini o‘ziga ibrat qilib oladi va ular yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka harakat qiladi. Insoniyat tarixida bu ishga hamisha amal qilib kelingan.Har bir vatanparvar kishi o‘z yurtiga bo‘lgan mehr-muhabbatining ramzi sifatida, bu yurtning tarixini o‘rganadi. Qo‘lidan kelganlar esa o‘zi o‘rgangan narsalarni kelajak avlodlarga ham qoldirishni o‘ylaydi, buning uchun harakat qiladi.O‘tmishda yashab o‘tgan azizlarning hayotlari va faoliyatlari o‘sha vaqt tarixidan eng e’tiborli, zalvorli o‘rin egallagan. Shu sababli ham keyingi avlodlar uchun ularning hayot va faoliyatlarini o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Islom diyorlari tarixiga nazar solgan har bir kishi tarix va undagi hodisalar, harakatlar boshida ulamolar turganini darhol sezadi. Albatta, bu Islom dini xususiyatlaridan kelib chiquvchi tabiiy bir holatdir. Islom haqiqatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan ulamolar doimo o‘z xalqi bilan birga bo‘ladi, uning dard-alamlarini birga tortadi. Zotan, haqiqiy ulamolar faoliyatining o‘zi shuni taqozo qiladi. Islom ta’limotlari bilan qurollangan ulamolar o‘z xalqi dardiga malham bo‘lishga harakat qiladilar. Ana shunday ulamolarning eng ulug‘laridan biri imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhi bo‘lganlar. U kishi Islom millati uchun eng tahlikali bir paytda musulmonlarning aqiydasini mardonavor himoya qilganlar, musulmonlar ommasi aqiydasining to‘g‘ri yo‘lda, Qur’oni Karim yo‘lida, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari yo‘lida, Ahli sunna va jamoa yo‘lida sobitqadam bo‘lishiga sabab bo‘lganlar. U zot rahmatullohi alayhi yashagan davr tarixini, o‘zlarining hayotlari va faoliyatlarini o‘rganish biz uchun g‘oyatda zarurdir.Alloh taologa beadad shukrlar bo‘lsinkim, oxirgi paytlarda vatanimiz tarixini, vatanimizdan yetishib chiqqan allomalar tarixini o‘rganish borasida ko‘plab ibratli ishlar qilindi va qilinmoqda.  Imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhining hayotlari va faoliyatlarini o‘rganish borasida qilingan ko‘plab ishlar shular jumlasidandir. U zot rahmatullohi alayhining hayotlari va ilmiy faoliyatlariga bag‘ishlab xalqaro anjuman ham o‘tkazildi. Xalq o‘zining o‘tmishdagi allomalaridan biri bo‘lmish imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhini tanidi.Shu bilan birga, turli sabablarga ko‘ra imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhi haqlarida, u kishi asos solgan moturidiya aqiydaviy mazhabi haqida turli gap-so‘zlar ham bo‘ldi va bu gap-so‘zlar hozir ham davom etmoqda. Ko‘pchilikda, xususan, yoshlarda bu borada turli savollar ham paydo bo‘lib turibdi.Mazkur holatlarni e’tiborga olib, imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhining hayotlari, u zot yashagan davrdagi holat, u kishi qilgan ishlarning ahamiyati, mazhablarining paydo bo‘lish tarixi va bu mazhabning ahamiyati kabi masalalarni yoritib beruvchi ma’lumotlarni bir joyga jamlab, nashr qilish niyati bor edi. Ana shu ezgu niyatni amalga oshirish maqsadida Alloh taoloning O‘zidan yordam so‘ragan va U Zotga tavakkul qilgan holda ish boshladik. Bu borada jamlab qo‘yilgan manbalardan, avval o‘zimiz turli munosabatlar bilan tayyorlagan bitiklarimizda va kitoblarimizda yozgan ma’lumotlardan, «Shomila» elektron kutubxonasidan va xalqaro ma’lumotlar to‘ridan foydalandik.
Kitob nomi: Hidoyat imomi
Kitobning asl nomi: Hidoyat imomi
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Yumshoq / 128
ISBN: 978-9943-7035-8-2
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar