Hammasi rasvo
Biz juda qiziq davrda yashamoqdamiz. Shu paytga qadar inson bolasi ko‘rmagan qulayliklarga egamiz, boy-badavlatmiz to‘rt muchamiz sog‘, tinch zamondamiz yaashayapmiz, lekin, shunday bo‘lsa-da ko‘pchilikni umidsizlik qurshab olmoqda. Qay birimiz global isish muammolardan qo‘rqamiz, kimlardir hukumatdan norozi, iqtisodiy buhronlardan tahlikaga tushayotganlarimiz ham son-sanoqsiz. Bu hol odamlarda qo‘rquvni, kelajakka umidsizlik kayfiyatini, negativ fikrlarni tug‘dirmoqda.Mutolaasiga kirishayotganimiz ushbu kitob ayni muammolarni yechishda bizga yordam beradi - ruhiyatimizdagi o‘zgarishlarni psixologik tahlil qiladi, siyosiy jarayonlarga baho berishni o‘rgatadi, global o‘yinlar, biznes hiylalar haqida juda qiziqarli, hayratlanarli ma’lumotlarni taqdim etadi. Xullas, muallif ushbu asari orqali insonlarni umidsizlikka, yaltiroq narsalarga aldanmaslikka, hayotning mohiyatini anglab yashashga chaqiradi.
Kitob nomi: | Hammasi rasvo |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Everything is |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingilizcha |
Formati: | Yumshoq/240 |
ISBN: | 978-9943-6590-6-3 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | Muharrir |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 18 dan 70 gacha |