Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Gunohning rangi

 Ahmad Gunbay Yildizning yana bir tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan asari bu— "Gunohning rangi" asari bo'lib, asar juda qiziqarli va mazmunli. Asarning yakuni siz kutgandek boʻlmaydigan asarlar sirasiga kiradi. Asarda bir qancha shaxslarning hayoti keltirilgan va ular oʻzaro bogʻlangan. Asarning boshida obrazlarning taqdiri mavhumligicha qoladi va kitobxonni yanada qiziqtira oladi, lekin yakuni goʻzal yakun boʻladi. Shuni bilishimiz kerakki, gunohning rangi umrbod qoladi, uni vaqtning suvi bilan yuvsangiz ham baribir dogʻi qoladi. Biz esa sabr qilishimiz, tavba qilishimiz darkor.. 5soniyada jahl ustida qabul qilingan qaror, bir odamning oʻlimiga, yosh chaqaloqning bolalik shukuhisiz oʻtgan bolaligiga, qalbi ishqqa toʻlgan qizning musibatli kunlari-yu , qari cholning qamoqqa ravona boʻlishiga olib keladi.. Asarni sevib o'qishimiz uchun o'zbek tiliga Dilfuza Turdiyeva tarjima qilgan.

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Barcha ranglar jozibasini yelga uchirgan jirkanchlik ...Oniy orzular, lahzalik ehtiros va qasos hissi yo‘lida qurbon qilingan ishq ...Iffatli maʼsumaning dil daftaridagi alamli bitiklar ...Hayotning nihoyasiz ozorlarni yelkalagan mardona ko‘ngil...Havoi nafs botqog‘iga botgan manfurning begunoh qurboni ...Alangasi avlodlar taqdiriga oshqin solgan laxcha cho‘g‘ ...Ahmad Gunbay Yildizning takror-takror mutolaaga chorlovchi tarbiyaviy-axloqiy, ibratli romanlaridan biri.
Kitob nomi: Gunohning rangi
Kitobning asl nomi: Günahın rengi
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Turk
Formati: A5
ISBN: 978-9943-8252-5-3
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Tasnim
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar