Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Eljernonga atalgan gullar

Deniyel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asari AQSHda adabiyot bo‘yicha maktab dasturiga kiritilgan kitoblardan biridir. Asar 1966 yilning eng zo‘r romani deb topilgan, “Nebula” va «Hyugo» mukofotini olgan.

7 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
5 o'qigan
 
1 Taqriz
Deniyel Kiz asarni 14 yil mobaynida hayotida ro‘y bergan voqealar bilan boyitib borgan. Asarning bir necha qismi aqli zaif inson tilidan so‘zlangan bo‘lib, tarjimon qahramon tilini boricha — imloviy va uslubiy jihatdan saqlashga harakat qilgan. Asar matnidagi ayrim g‘ayriodatiy, g‘alati jumlalar imloviy yoki uslubiy xatolar emas. Tarjimada ham muallifning ana shu uslubini imkon qadar saqlab qolishga harakat qilindi.
Kitob nomi: Eljernonga atalgan gullar
Kitobning asl nomi: Flowers for algernon
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 320
ISBN: 978-9943-6125-9-4
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Qaqnus media
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 16:54

    238

    Raqam bilan tartiblab yozsam oson tushunilar ekan.

    1. Asarni nomiga qarab sevgi haqida ekan deb o'ylamang.

    2. Bir inson dunyoga kelibdiki hech narsaga qodir bo'lmaydi. Sekin astalik bilan o'rganadi, tajriba qiladi va hokazo. Keyin 15 yoshdan 50-60 yoshgacha aqlliligi va hayotiy bilimlari eng yuqori bosqichga chiqadi. Undan keyin yana zaiflashadi va bu dunyoni tark etadi.

    3. Asarda bosh qahramonni aqli zaif bo'lib, uni ma'lum bir tibbiy tajriba orqali aqlini yaxshilashadi. Bosh qahramon buni kundalik tutib yozib ketadi. Borgan sari yozishi va aqli ham rivojlanib boradi. Juda ko'p tillarni o'rganadi. Yana zaiflashib borib o'zini holatiga qaytadi.

    4. Asarni 2-xulosamga o'xshataman. Endi …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar