Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Dorian Greyning portreti

    Dorian Grey kim oʼzi?    Oʼtgan asrda kitobxonlar uni adolatli jazoga tortilgan, vasvasaga berilgan gunohkor deb eʼtirof etdilar.    Bugungi kun oʼquvchisi esa Dorian Greyni butun borligʼini, qalbini, ruhini abadiy yoshlik uchun qurbon qilgan takabbur, ayni paytda nochor va zaif qahramon sifatida tanidilar.    Kiborlar oilasida dunyoga kelgan, onameros husni tavajjuh egasi boʼlgan Dorian baxtli-saodatli yashashi uchun yetarlicha imkoniyatga ega boʼlgani holda taqdirning beshafqat hukmi bilan yuzma-yuz keldi.    «Goʼzal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar toʼlgʼoq azobini boshdan kechirmoqlari zarur», deydi asar qahramonlaridan biri.    Darhaqiqat, Dorian Greyning goʼzal siymosi ortida ham ulkan fojia yashirinadi: qalb oʼladi, ruh mangu yoʼqoladi. Iflos ishratxonalar, davomiy maishatlar, oʼgʼrilik, jamiyatdagi qalangʼi-qasangʼilarning qabihligi endi uning xayolida goʼzallikka, bunday razolatlar esa doimiy ehtiyojga aylanadi.    Oskar Uayld adabiyotga ana shunday murakkab tabiatli qahramon timsolini olib kirdi va u orqali inson xohish-istaklarining chegarasini, hayotiy muvozanatning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishini yuksak badiiy mahorat bilan koʼrsatib berdi. Va asar millionlar qalbini zabt etdi, Dorian Grey obrazi esa kitobxon qayd daftariga bitildi.

2 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
3 o'qigan
 
2 Taqriz

Kitob nomi: Dorian Greyning portreti
Kitobning asl nomi: The Picture of Dorian Gray
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingilizcha
Formati: Qattiq/320
ISBN: 978-9943-5841-9-8
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Zabarjad media
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 20-may 2023 y. 21:12

    258

    Mistik va falsafiy asar hisoblangan "Dorian Grey portereti" Uskar Uayld (1854-1900)tomonidan yozilgan va yagona nashr qilingan yozuvchining asari hisoblanadi.Yaratilishga 3 hafta ketgan lekin shunday bo'lishiga qaramasdan Uaylda katta shuhrat keltirishga hech qanday to'siq bo'lmagan.Mazkur asar abadiy yoshlik va go'zallik haqida o'ylagan har qanday odamni o'ziga jalb etadi.Asar bu hayotda nima abadiy bo'lish mumkin degan savolga javob bergandek bo'ladi.Yosh navqiron,hayot tajribasiga ega bo'lmagan Dorian Grey Lord Genrini ta'siriga tushib yoshlikda vaqtida foydalanib qolish,dunyo lazzatlaridan bahra olish kabi yod tuyg'ular tatib ko'rishga qiziqib qoladi.Bularni bariga esa umr qisqalik qilardi.Dorian o'zi bilmagan holda o'zini o'rniga partereti qarishini tilaydi.Shundan so'ng u inson his qilishi …

    Baholash: 0
  • 20-may 2023 y. 21:12

    276

     "Dorian Greyning portreti" asari san'atni sevuvchi insonlarni kirish qismidanoq o'ziga jalb etadi. Inson yoshligida beg'ubor bo'ladi, lekin vaqt o'tgan sayin atrofimizdagi muhit, insonlar bizga o'z ta'sirini o'tkaza boshlaydi. Asar qahramoni hisoblanmish Dorianning ham dunyoqarashi shakllanishida Bezil Xolluord va Lord Genri ta'sir o'tkazishdi. Uni qalbining sofligi, beg'uborligi Garrining hayot gipotezalari ta'sirida õzgara boshladi. Dorian esa yoshligini asrashga urindi. U sur'atiga qarar ekan, surat shundayligicha qolishi, u esa borgan sari qarib, o'z navqironli, yoshligini yo'qotishini bilib afsus chekardi. Va uning mana shu qilgan niyati uning butun umrini la'natladi. U yosh va navqironligicha qoldi, ammo sur'ati har lahzada uning kirdikorlari, qilgan yovuzliklari, qalbining …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar