Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Dengiz haqida so'zlab ber menga

Bu qissa  hayotdagi eng muhim narsalar o‘z uyingdaligini anglashing uchun dunyoning yarmini kezib chiqishingga to‘g‘ri kelishi haqida hikoya qiladi. Shahar ham xuddi sevimli kishingizdek bo‘lib qolishini sezganmisiz? U sizni his qiladi, g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, borini baham ko‘radi va o‘z o‘rnida siz ham boringizni (xoh katta yoki kichik  bo‘lsin, o‘ylab o‘tirmasdan) u bilan bo‘lishasiz.

38 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
0 Taqriz
Shahar bilan xuddi suyukli insoniingiz kabi munosabat o‘rnatasiz. Gohida undan azizrog‘i topilmaydi, goh esa uni ko‘rarga ko‘zingiz yo‘q. Ammo ne bo‘lganda ham yuzadagi beqaror to‘lqinda emas, chuqurlikdan joy olgan bir narsa bor. Uning nomi - muhabbat! Hayotning bebaholigi, nurning tuganmas va abadiyligi, o‘tayotgan har lahzaning qadrli ekani - inson tafakkurini hamisha idrok etishga chorlab keladi. Bu dunyoda baxtning ham, baxtsizlikning ham shifosi bor. Kim umrini qanday va qanaqa yo‘sinda yashab o‘tishi -  faqat o‘ziga bog‘liq. Ushbu asar bizni hayotga teranroq qarashga, yorug‘likka intilish bilan orzularimizni ro‘yobga chiqarish hamda vaqtni isrof qilmaslikka da’vat etadi. Buning uchun sevishga shoshilmog‘imiz, nafas olishimizda esa muhabbat bo‘lmog‘i lozim.
Kitob nomi: Dengiz haqida so'zlab ber menga
Kitobning asl nomi: Расскажи мне о море
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Rus tilida
Formati: Qattiq / 300
ISBN: 978-9943-647-0-7
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Sharq-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar