Taqrizlar Barchasi 1
-
4-mart 2023 y. 17:46
1148
"Bugungi kunda gazetalardan shaxsiy qarashlarni kutish qiyin, chunki omma faqatgina yangiliklar va bachkana narsalarga oʻch boʻladi."
1895-yilda fransuz psixologi, tarixchi va sotsiologi Gustav Lebon tomonidan yozilgan "Omma psixologiyasi" asari mutolaasi menda umumiy ma'noda yaxshi taassurot qoldirdi. Asar ijtimoiy-siyosiy mavzuda yozilgan bo'lib, undagi g'oyalar asosan Fransiyada 1812-1848-yillarda bo'lib o'tgan siyosiy o'zgarishlar zamirida yuzaga kelgan kuzatishlar mahsulidir. Unda nomidan ham ma'lumki, oddiy avom qanday tashkil topishi, uni qanday boshqarish kerakligi haqida qiziqarli fikrlar bayon etilgan.
Aslini olganda, bu soha men uchun yangilik bo'lmadi. Universitet paytimda ispan olimi Xose Ortega-i Gassetning "Ommaning qo'zg'alishi" (Восстание масс) asarini mutolaa qilgandim. Albatta, unda ham barchasi ancha …