-
24-sentabr 2021 y. 22:08
532
"Тонкое искусство пофигизма" oʻzining yangicha qarashlari bilan menda yaxshi taassurot uygʻotdi.
Bunda oʻrgangan eng muhim narsam shu boʻldiki, hayotizda sodir boʻladigan barcha voqea -hodisalarga javobgar boʻladigan yagona inson — sizning oʻzingizdir!
Mark Mensonning "Тонкое искусство пофигизма" asari bir narsani yaxshiroq tushunishimga yordam berdi. Ya'ni bu foniy dunyoda o'zingiz biror harakat qilmagunizcha, hayotingizda hech narsa o'zgarmaydi. Hech narsa!
To'g'ri, hayot yo'lingiz davomida boshingizga tushadigan muammolarning barchasida ham siz aybdor bo'lmasligingiz mumkin. Lekin ularni o'zingiz harakat qilib yechishga majbursiz. Shunchaki hayot qonuni shunaqa.
Na ota-ona sizga, na siz ota-onangizga ularning o'rniga muammolarini yechishga qodir emas. Har kim o'z muammosini o'zi hal qiladi. Siz kimgadir yordam berishingiz yoki sizga yordam berishlari mumkin. Ammo muammo yechimining kaliti baribir o'zingizda qoladi.
Boshingizga tushgan muammoda xohlagan odamni ayblang: ota-ona, aka-uka, opa-singil, do'st-yor, umr yo'ldoshi, hamkasb, hukumat yo davlatni... Shu bilan birmuncha vaqt o'zingizni ovutishingiz mumkin, xolos. Biroq oxir-oqibat bundan uzoq kelajakda hech qanday foyda bo'lmaydi.
Agar siz baxt nimadan iborat bo'lishini bilishga intilsangiz, hech qachon baxtni topa olmaysiz. Hayotning ma'nosini qidirar ekansiz, siz hech qachon hayotning o'zini tatib ko'ra olmaysiz.
Iqtiboslar:
- "Qiyinchilikdan qochishning o‘zi aslida qiyinchilikdir";
- "Omadsizlikni tan olmaslik aslida omadsizlikdir!";
- "Hamma narsaga asabi buzilaveradigan insonlardagi asosiy muammo shundaki, ularning bunday qilishdan boshqa mashg‘uloti yo‘qligidadir...";
- "Agar insonda birorta muammo bo‘lmasa, uning aqli ularni o‘ylab topishga harakat qilar ekan";
- "Bitta muammoni hal etib, sen boshqa muammoni yaratasan";
- "Agar kimdir sizdan biror-bir ishda yaxshiroq bo‘lsa, demak, u hayotda sizdan ko‘proq qoqilgan";
- "Kambag'al tug'ilish aybingiz emas, ammo kambag'al bo'lib o'lish - sizning aybingiz".
Panda Books
Izohlar 1
1