-
7-may 2023 y. 16:58
178
1. Fikrlarni yozib oling.
Kun davomida barchamizning fikrimizga ajoyib g'oyalar va ilhom kelib turadi. Ushbu fikrlarni yozib olish uchun cho'ntagimizda yoki sumkamizda yon daftarcha va qalam kerak bo'ladi. Ularni albatta yozib yuring. Yangi fikr bilan rivojlangan inson hech qachon oldingi fikrlash o'lchamiga qaytmaydi.
2. Oiladan tashqaridagi insonlar.
Hech qachon oilangizdan tashqari yoki yaqin bo'lmagan insonlarga sog'lig'ingiz, boyligingiz va shu kabi boshqa shaxsiy masalalar haqida so'z ochmang.
3. Biroz sirli bo'lishga harakat qiling.
Og'ir, vazmin bo'lishga harakat qiling. Hech kimga siz haqingizda barcha narsani bilishiga yo'l qo'ymang. Boshqalar uchun biroz sirli bo'lib qolishga intiling.
4. Ilmli shaxslarni izlang va ular bilan suhbatda bo'ling.
Ular kichik uchqunni kutishadi, ya'ni biror mavzuda qiziqishingiz borligini ko'rsatsangiz, ular sizga bilganlarini yoritib berishadi.
5. Tinglayotganingizda, gapirmang.
Gapni bo'lish qo'pol odobsizlik hisoblanadi. Kuchli g'ayrat bilan tinglang. Shunda siz o'rgangan bilimlaringizda mamnum bo'lasiz va sizning maslahatlaringiz ham tinglovchilar tomonidan qabul qilinadi.
6. Ismini aytib chaqiring.
Insonlar bilan suhbatlashganda ularning ismini aytib chaqiring. Insonning ismi o'zi uchun juda yoqimli bo'lgan tovushdir.
Izohlar 0