-
7-may 2023 y. 16:55
308
1. Kitob boshlang'ich moliyaviy savodxonligi haqida bo'lib bizni jamiyatdagi 95% aholiga to'liq mos tushadi. Juda sodda tilda yozilgan. Avom xalq ham tushunadi. Sababi hech qanday Ilmiy formulalar yo'q. Shunchaki hayotimizda u yoki bu shaklda qilib yurgan lekin ba'zi holatlarda ahamiyat bermayotgan moliyaviy ishlarni davosi sifatida yozilgan.
2. Daromad to'lqinga o'xshaydi, sarf-xarajatlaringiz esa qayiq kabidir. Ya'ni qayiqni qanchalik boshqara olsangiz va to'lqin sizni yana ham tez yurishingizga yordamchi bo'ladi.
3. Kuniga 10.000 so'm tegash hayotingizni o'zgartirib yuborishi mumkin. U kichik kundalik isroflar va o‘ylamay qilinadigan xaridlar to‘g‘risida. Qancha bo‘lishidan qat’i nazar (kuniga 5ming so'm, 10ming so'm, 20ming so'm) ularni osongina kelajagingizga - o‘zingizga sarflashdan "o‘zingizga to‘lash"ga yo‘naltirish mumkinligi latte omilidir.
4. Moliyaviy muammolarni ko'proq pul topish emas, balki odatlarni o'zgartirish hal qila oladi.
5. Umuman olganda, badavlat insonlar o'zlari uchun juda muhim bo'lgan narsalarni pul sarflashadi - bundan ortig'igayam , kamigaham emas. Har xil mayda-chuyda narsalarga pul sarflovchilar esa puli kamlar bo'lishadi.
Xulosa: O'qisangiz moliyaviy holatingiz o'ziga kelib qoladi.
Izohlar 0