-
4-mart 2023 y. 17:46
1147
"Bugungi kunda gazetalardan shaxsiy qarashlarni kutish qiyin, chunki omma faqatgina yangiliklar va bachkana narsalarga oʻch boʻladi."
1895-yilda fransuz psixologi, tarixchi va sotsiologi Gustav Lebon tomonidan yozilgan "Omma psixologiyasi" asari mutolaasi menda umumiy ma'noda yaxshi taassurot qoldirdi. Asar ijtimoiy-siyosiy mavzuda yozilgan bo'lib, undagi g'oyalar asosan Fransiyada 1812-1848-yillarda bo'lib o'tgan siyosiy o'zgarishlar zamirida yuzaga kelgan kuzatishlar mahsulidir. Unda nomidan ham ma'lumki, oddiy avom qanday tashkil topishi, uni qanday boshqarish kerakligi haqida qiziqarli fikrlar bayon etilgan.
Aslini olganda, bu soha men uchun yangilik bo'lmadi. Universitet paytimda ispan olimi Xose Ortega-i Gassetning "Ommaning qo'zg'alishi" (Восстание масс) asarini mutolaa qilgandim. Albatta, unda ham barchasi ancha sodda va ravon tushuntirilgan.
Asarning afzalliklari:
1. Kitob yaxshi tarjima qilingan, ravon va tiniq o'qiladi.
2. Kichik hajmli va tez o'qib tugatsa bo'ladi.
3. Tarixda bo'lib o'tgan xalq qo'zg'olonlari va shu kabi hodisalarga psixologik nuqtayi nazardan yaxshi yondashilgan.
4. Bo'lajak menedjer yoki liderlar uchun asqotadi.
5. Siyosat haqida o'qishni yoqtiradigan, ammo qalin kitoblarga toqati yo'qlar uchun ayni muddao.Kamchiliklari:
1. Asosan fransuz auditoriyasi uchun yozilgan, tarixni yaxshi bilmaydigan kishi tushunmasligi mumkin.
2. Misollar bilan tushuntirib ketish biroz sust. Asosan, nazariyaga suyanib qolingan.Kitobdan menga manzur bo'lgan ba'zi iqtiboslar:
- "Fuqarolar qanchalik loqayd va zaif boʻlsa, hukumat shunchalik koʻp kuchga ega boʻladi."
- "Sivilizatsiya hech qachon avom tomonidan vujudga keltirilgan emas, u doimo kichik intellektual qatlam tomonidan yaratilib kelingan va boshqarilgan"
- "Ommaga taʼsir etishda eng muhim narsa takrorlashdir."
- "Inqilobning ibtidosi gʻoyalarning intihosiga olib keladi."
Yoqimli mutolaa!
Izohlar 0