-
19-dekabr 2022 y. 9:22
244
Alloh taolo hamma narsani juft-juft qilib yaratgan. Yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat, issiq va sovuq, boy va kambag‘al, erkak va ayol… Sanab adog‘iga yetolmaysiz.
Tariximizga nazar solamiz. Bizni ustimizga bostirib kelganlar, ularning turli g‘oyalilari bizlarni qay ahvolga solishdi? Ularni maqsadi nima edi? Hamma teng bo‘lishi kerak deb insonlarning mol-mulkini talab nimaga erishishdi? Yoki bo‘lmasa erkak va ayol teng huquqli deb, ayollarni ham erkaklar qiladigan ishlarni qilishga majburlab, undan ayollik nazokatini olib “baxtli jamiyat” qura oldimi? Shaxsiy mulk yo‘q, faqat davlat mulki bo‘ladi deb rivojlana olishdimi? Bu insonning g‘oyalari bilan Xudoning yaratganiga qarshi chiqishmidi? Haqni aytganni dushmanga chiqarib, insonlarni yolg‘onlar ichida yashashga majburlab, umuman kelmaydigan “baxtli kunlar” ertaklariga ishontirib, o‘zini xudo darajasiga ko‘tarib va insonlarni unga sig‘inishga urinish, insonlarni bir-biriga bo‘lgan ishonchsizlikka o‘rgatish…
Izohlar 0