Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 30-yanvar 2022 y. 16:09

    567

    Baxtiyor Abdug'afurning ushbu kitobi 2021-yil nashrdan chiqdi.
    Futbolga qiziqmayman, lekin Baxtiyor akani bu kitobini chiqishini juda kutdim. Kitobni qo'limga olishim bilan birinchi kelgan hayol: nashriyot kitobni chiqarishda "kalla" qo'yibdi. Lekin unday emas ekan. Kitobni varoqlab institutdagi konspekt daftarlarim esimga tushdi. Daftarni to'g'ri ochilsa bitta fan, aylantirib teskari ochilsa boshqa fan. Bu kitobda esa, uni to'g'ri ochilsa asarni lotin yuzuvidagi ko'rinishi, aylantirib teskari ochilsa kirildagi ko'rinishi. Ajoyib! Bunaqa kreativ kitobni birinchi marta ko'rishim.
    Ushbu asar biografik asar bo'lib, unda o'zbek futbolchisi, rekord marta O'zbekistonning eng zo'r o'yinchisi, namanganlik Odil Ahmedov hayoti uning nomidan esini taniganidan boshlab to futboldan ketgunigacha bo'lgan vaqt hikoya qilinadi. Maqsadi yo'lida futbolchini uning yaqinlari qanday qo'llab-quvvatlaganlari bir necha bor so'zlab berilgan.
    Asarni o'qish davomida yuzlab tanishlarimni, do'stlarimni ko'rdim. Chunki o'sha avlodning ko'pchiligi huddi Ahmedov kabi qiyinchiliklardan o'tgan(faqatgina futbolda emas), keyin esa kuchli shaxs bo'lib hayotda o'z o'rnini topgan. 
    Asarni o'qish davomida so'zlab berilayotgan har bir voqeaga sho'ng'ib ketish mumkin, qahramon o'sha vaqtda aynan nimalarni his qilayotganini anglash mumkin. 
    Futbolchi yoshligida tilagan orzu va tilaklariga mashshaqqat bilan erishadi. Va qaysilaridir armonga aylanadi. Futbol misolida tanish-bilishchilik, poraxo'rlik, qarindoshchilik aloqalari sabab bir sohani qanchalik botqoqlikka botib ketishini kitobni o'qish davomida tushunish mumkin. Biroq, Odil Ahmedovni taslim bo'lmasdan, mana shu botqoqlikdan chiqish uchun o'z imkoniyati darajasida kurashayotganini ko'rish umid chiroqlarini yoqadi.
    Xulosa: muvaffaqiyatni har qanday sohaga mos tushadigan yagona siri bor: tanlangan to'g'ri yo'lda qiyinchiliklarga qaramasdan, tinimsiz halol mehnat qilish kerak, tanlagan sohani yetuk mutaxassisi bo'lib yetishish kerak.

    Baholash: 0
Izohlar 0