Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 30-yanvar 2022 y. 12:46

    396

    Javlon Jovliyevning ushbu asari o'zi yashayotgan jamiyatga nisbatan noordinar fikrlaydigan tarixchi yigit nomidan yozilgan bo'lib, unda bizning yurtimiz uchun dolzarb mavzular ko'tarilgan. Ammo har qanday asarni yaxshi asar qiladigan narsa bu uning dolzarbligi emas, balki uning o'quvchi-kitobxonlarga yaqinligidir. Asarda men bunday narsani ko'rmadim. "Qo'rqma"ning yozilish uslubi bir muncha boshqacha, huddi chala shoirning prozasiga o'xshaydi: ko'p so'zlar qayta-qayta takrorlanib, tavtologiya hosil qiladi, matnda pleonazm ko'p, ortiqcha vergullar ham bir talay, bularning barchasi mutolaani qiyinlashtiradi. Asarning bunchalik mashhurligi siri Firuz Allayev ustalik bilan qo'llagan marketingdadir. Agar kitobni boshqa nashriyot chiqarganida bunchalik "hayp"ga erishmagan bo'lardi, chunki, yumshoq qilib aytganda, "Qo'rqma" bunday keng muhokamalarga va mashhurlikka arzimaydi. Ushbu asar marketing qanchalar qudratli qurolligini ko'rsatib beruvchi darslik sifatida o'qilishi kerak.

    Baholash: 0
Izohlar 0