Iqtiboslar Barchasi 14
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:29
Uyga kelib bobomdan so'radim.
- Bobo, menga siyosatga aralashma, deyishyapti, nima qilay?
Shunda bobom qovog'ini solgancha javob berdi:
- Siyosatga aralashmaslik uchun ona qornidayoq oyog'ingni tirab olishing kerak tug'ilmayman, deb. Tug'ildingmi siyosat ayro turolmaysan. Hamma uning qurshovida yashaydi. Kimdir zulmda, kimdir uning ta'sirida, yana allakimlar esa rohatda. Aslida xalq izmidagi siyosatgina kun ko'rishi kerak, boshqasi xatodir. Aralash, bolam, haqqingni tanishni o'rgan, o'rgat sinfdoshlaringga ham. Bo'lmasa, qarg'ishlardan qachon ozod bo'lamiz?
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:22
Sovet mustamlakasi davrida xalq asrlar davomida atab kelgan turkiycha nomlar rus bosqinchilarining sharafiga ataldi.
Otamizning nomini o'zgartirishdi, biz chapak chaldik. Asta-sekin odamlar bobolari aziz bilgan nomlarni unutib yubordi.
Tarixga tupurish san'ati fan qilib o'qitildi. Yuz yillik kitoblarni o'zimizga moslashtirishni o'rgandik. To'g'ri so'zni aytmaslik, bo'yin egish axloqqa aylandi va hamon bu illatlarni xalqimiz boshidan tozalay olmay halakmiz.
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:18
- Qanchadan-qancha o'zbek bolalari dunyoga tarqalib ketdi. Ular ochdan o'lmaslik uchun eng past ishlarga rozi bo'lib turishibdi, kim ulardan hol so'raydi? Bularning otalari esa millionlab ishchilarning pullarini kissada jamlaydigan harom bank sohiblari. Qonunsiz ishdan qonuniy foydalanishadi. Millionlab ishchilar ular uchun millionlab dollar, xolos. Oddiy ishchilar odam emas!
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:11
- Yig'lamang, kulish kerak bu xalqning ustidan! Oh-oh maqtashga o'chmiz, ortdan yomonlashga. Jirkanchmiz-da. Sizni ham huddi shunday alqovlar bilan kutib olishadi. Qars-qars qarsaklar! Bizning "Oliy ma'lumotli agronom keldi!" deya og'iz ko'pirtirishadi va bir necha yil o'tmasdan undan past bo'lmagan ovozda: "Yo'qolsin "xalq dushmani", - deya so'kib, tupurib qamoqxonaga kuzatishadi. Maqtovlar va so'kishlardan o'lib bo'lasiz!
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:06
Loladan hech qachon bobosi haqida so'ramagan. Chunki tarixga qo'ylardan ko'proq, bobomdan sal kamroq qiziqadi, millionlab o'zbeklar kabi.
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:04
Lola yerga qaraydi. Men osmonga. Nigohlarimiz tuproqdan ko'kka qadar uzoqlashadi.
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:03
Ularni zo'r, o'zni nodon sanaymiz!
Nodon! Nodonman, nodonsan, nodonmiz deb singdirdilar ular oldida!
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:02
Biz mag'lub millatmiz, g'ururni unutgan, qorin uchun yashashga o'rgangan va ko'ngan.
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:01
Urushga borganlar qahramon bo'ldi, o'qishga borganlar esa "xalq dushmani".
-
Murodjon Normatov
13-yanvar 2022 y. 2:00
Lola tarixga qo'ylardan biroz ko'proq, bobomdan esa kamroq qiziqadi.