Zikr ahlidan so'rang (turkum) 1-kitob
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Zikr ahlidan so‘rang» to‘plamining 1-qismi Ushbu savol-javoblar kattaroq kitobda jamlanishini so‘ragan kitobxonlarimizning talab va istaklarni hisobga olgan holda «Zikr ahlidan so‘rang» oynomamizni yirikroq to‘plam sifatida qayta nashr etishga kirishdik. Bunda, albatta, avvalgi kitobchalarimizdan farqli bir qancha jihatlar bo‘lishini ham mulohaza qildik. Masalan, avvalgi kitobchalar yon cho‘ntakda olib yurishga mo‘ljallanganligi sababli, oyat va hadislarning arabiy matnini ilova qilmagan edik. Endigi to‘plamimizda esa oyat va hadislarning matnini to‘liq keltirib, ularning sharhiga ham yetarlicha o‘rin ajratildi. Avvalgi kitobchalar dolzarb savollarga tezkor javoblar tarzida bo‘lganligi uchun, ularni ma’lum boblarga saralashning imkoni yo‘q edi. Mazkur to‘plamda esa savollarni fiqhiy masalalar bo‘yicha turli boblarga ajratib, umumlashtirib berdik. Albatta, bunda bir masala bo‘yicha savollarning takrorlanib kelishining oldini olish ham mumkin bo‘ldi. Qolaversa, kitobxonlarning o‘zlarini qiziqtirgan mavzu’larni topishlari ham osonlashdi. Kitobxonlardan kelgan savollarni iloji boricha tahrir qilmasdan havola etish fikrimiz avvalgi kitobchalarimizda umumiy holatni anglab olishimizga yordam bergan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina kitobxonlarimizning diyniy, dunyoviy va hattoki imloviy savodlari ham havas qilarli darajada emas ekan. Ba’zan savol matnidan aniq bir ma’noni anglab olish qiyin bo‘lgan holatlar ham uchrab qolardi. Boshlovchi namozxon ham bilishi shart bo‘lgan jo‘ngina savollarni qayta-qayta so‘rayverish oddiy holga aylanib qoldi. Ba’zan esa, g‘arazli maqsadlarda berilgan savollar ham kelib turardi.
Kitob nomi: | Zikr ahlidan so'rang (turkum) 1-kitob |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Zikr ahlidan so'rang (turkum) 1-kitob |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq/400 |
ISBN: | 978-9943-7035-5-1 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Hilol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | None dan None gacha |