Yolg'on
Islom ta’limotlariga ko‘ra, balog‘atga yetgan har bir insonning barcha ma’naviy jinoyatlari, jumladan, zarracha yolg‘oni ham jazosiz qolmaydi. Har bir yolg‘oni nomai a’moliga yozib boriladi va ular uchun qiyomat kuni jazosini albatta oladi. Yolg‘onchi Allohning dushmani hisoblanadi va qiyomatda eng og‘ir azoblar ila jazolanadi.
Janri:
Islom dini
,
Diniy adabiyotlar
0
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
5
o'qigan
0
Taqriz
Alloh barcha narsani, shu jumladan, O‘zi yaratgan borliqda yashayotgan insonga nima munosib keladi-yu, nima munosib kelmaydi – daqiq-daqiqlarigacha yaxshi biladi. Shuning uchun ham Alloh taolo tomonidan joriy qilingan ta’limotlar shomil va komildir. Ilohiy-diniy ta’limotlar sodir etilgan biron-bir jinoyat insonga ma’lum bo‘lmay qolganida ham, olamlarning Robbi – buyuk Alloh bandalarning eng nozik ishlarini ham bilib turishini, qilingan zarracha jinoyatining jazosini bu dunyoda bo‘lmasa ham, u dunyoda albatta olishini qattiq ta’kidlaydi. Islomiy tushunchalarga ko‘ra, ma’naviy jinoyatlar moddiy jinoyatlarga nisbatan yanada xatarliroq bo‘ladi. Yana bir bor ta’kidlaymizki, aynan ma’naviy jinoyatlar moddiy jinoyatlarning sodir bo‘lishiga sababchidir. Umuman olganda, ozgina bo‘lsa-da, Allohga iymoni mavjud, qiyomatdan umidi bor insonlardan tashkil topgan jamiyatda zarracha yolg‘onga o‘rin qolmaydi. Shuningdek, bunday jamiyatning kattayu kichik, erkagu ayol, fuqaroyu ulamo, kambag‘alu amaldorlari ham hech qachon yolg‘on gapirmaslikka harakat qiladilar. Yolg‘on – faqat yolg‘onchining shaxsiga emas yoki yolg‘ondan bevosita zarar topuvchigagina emas, balki butun jamiyatga, insoniyatga zarar yetkazadigan katta ma’naviy jinoyatdir. Shuning uchun ham Islomda bu razolatga nisbatan o‘ta murosasiz munosabatda bo‘lingan va unga hech yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilingan. Kelgusi ojizona satrlarda ushbu razil ma’naviy jinoyat – yolg‘on haqida qo‘ldan kelganicha so‘z yuritish niyatidamiz. Maqsad, xalqimiz ichida ushbu ofat haqidagi tushunchani oydinlashtirish, uning tahlikali oqibatlaridan jamiyatimizni poklash va yaxshilikning ko‘payishiga hissa qo‘shishdir.
Kitob nomi: | Yolg'on |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Yolg'on |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Yumshoq / 80 |
ISBN: | 978-9943-6463-9-1 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Hilol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |