Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ultontoz

Olim Toshboyevning  Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan “Ultontoz” romani haqida qisqacha ma'lumot beradigan bo'lsak, asarda shoʻrolar tuzimi yurtimizning janubida, Boysunda qanday oʻrnatilgani, bunda Alpomishlar bir chetda qolib, Ultontozlar hukm yuritgani yuqori badiyat bilan ochib berilgan. Kitob mutolaasi jarayonida xalqimizning oʻsha paytdagi achchiq va alamli hayoti koʻz oldingizda gavdalandi va beixtiyor ota-bobolarimizga oson boʻlmagan ekan-da, degan xayolga borasiz. Yana bir eʼtiborli jihati shuki, shu paytgacha adabiy tilimizdan oʻrin berilmay kelayotgan “tirik” sheva soʻzlari adabiy laboratoriyaga tortilgan va muhimi, bu tajriba oʻzini oqlagan.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Asardagi voqealar “Alpomish” dostonida tilga olingan Asqartog‘u Murodtepada kechadi. Ramziy ma'noda er yigitlar Alpomishga, “Tarix — chiqindixona, uning ibratli joyi yo‘q. Sizlar uchun barcha ibrat shu kunning o‘zi...”, deya o‘zligidan tongan, kechagi kunini unutganlar Ultontozga qiyoslanadi. Asarning birinchi qismida Xudosizlik jamiyatining tuzilishi, xalqni atiestlikka da'vat qilinishi haqida so‘z boradi. Umbar yuzboshi vafotidan so‘ng qizi Qaynarning sho‘roga yollanib, paranjini tashlagani og‘asi Kurashga yoqmaydi. Ammo singlisini bu yo‘ldan qaytarolmaydi. Muallif ikki dunyo bo‘lgan aka-singilni asarning boshidanoq boshqa-boshqa davlatlarga ajratib yuboradi. Shundan so‘ng voqealar rivoji Qaynar atrofida kechadi. Masjidlarning buzilishi, qadamjolarning yopib tashlanishi, namoz o‘qib, ro‘za tutganlarni jazoga tortilishida bu ayol yetakchilik qiladi. Hattoki gazetaga otasi va akasi bilan bir oilada dunyoga kelganidan afsuslanishi va ularni tan olmasligi haqida itervyu beradi. Ro‘za tutgani uchun bir o‘qituvchini partiya yig‘ilishida haqoratlab ishdan bo‘shatar ekan o‘qituvchidan quyidagi so‘zlarni eshitadi: “...Burun maktabdor qo‘lida jadidlar kitobi bo‘lar edi. Jadid g‘anim, jadid shayton dedik. Bugun bittayam kitob yo‘q. Nima, so‘ppayib borib matal aytamanmi? Harna, “Yo rabiman” ni o‘rganyapti...” Ushbu jumlaning o‘zi bilan muallif o‘sha davrdagi maktablarning ahvolini, o‘quvchilar va o‘qituvchilar holini ko‘rsatib beradi.
Kitob nomi: Ultontoz
Kitobning asl nomi: Ultontoz
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5956-6-8
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: G`afur G`ulom
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar