Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

To seni topgunimcha

Jojo Moyes Londonda tugʼilgan. London universitetini tugallagan. Oʼn yil mobaynida "Independent" gazetasida ishladi. 2002 yilda uning ilk romani nashr qilingandan soʼnggina oʼzini toʼliq yozuvchilikka bagʼishladi. Аdiba Romantik- yozuvchilar Аssotsiatsiyasining "Yilning romantik romani" mukofoti bilan ikki bora tadirlangan kamdan-kam yozuvchilar sirasiga kiradi. Ushbu roman haqida mamlakatning yetakchi gazetalari ijobiy fikrlarni eʼlon qilgan. "To seni topgunimcha" romani dunyoning 39 tiliga tarjima qilingan. Oʼzbek tilidagi ushbu tarjima esa birinchisi va oxirgisi emas.

30 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
5 o'qigan
 
1 Taqriz
Inglizchadan ona tilimizga oʼgirilgan yozuvchi Jojo Moyesning "To seni topgunimcha" romani inson xarakterining rangli boʼyoqlari aks ettirilgan asar boʼlsa-da, unda har bir obrazning ichki kechinmalari va yashash madaniyati oʼzgacha talqinda ochib beriladi. 26 yoshli Luiza Klarkning badavlat oilaga oddiy enaga boʼlib ishga kirishi, u yerda baxtsiz tasodif tufayli ish qobiliyatini yoʼqotgan, hatto hayotdan butunlay umidini uzgan va nogironlik aravachasiga mixlanib qolgan Uill Treynorda qayta yashashga muhabbat uygʼota olgan begʼaraz mehnati, eng muhimi, yetti yildan beri gaplashib yurgan beqaror Patrikdan koʼngil uzib, majruhni yigitni sevib qolishi rangin boʼyoqlarda chizib beriladi. Roman kitobxon ahlining aqlu shuurini boyitadi va qizgʼin mushohadalarga chorlaydi.
Kitob nomi: To seni topgunimcha
Kitobning asl nomi: Me before you
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Qattiq / 304
ISBN: 978-9943-5566-9-0
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Sharq-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 31-oktabr 2021 y. 15:04

    1372

    — To'xta Lu! Nimadir haqida so'zlab ber!
    — Xo'sh, yoshligimda eng sevimli libosim – bu asalari yo'lli paypoqlar bo'lgan:) Uni jonimdanda ortiq suyganman. Sen-chi, hayotda nimanidir shunday qattiq sevganmisan?

    JoJo Moyesning "To seni topgunimcha" asarini o'qiganimga ancha bo'ldi. Lekin bu asar menda juda manzur bo'lganidan bugun u haqida yozishga qaror qildim. Aksar kitoblarni ular asosida olingan badiiy filmlarni tomosha qilgach, o'qish istagi uyg'onadi. Bu hozirgi zamon uchun normal holat deb bilaman. Xullas, mavzudan chetlashmaylik.

    Asar bosh qahramoni
    Luiza Klark - yosh, quvnoq, samimiy va g'ayrutabiiy qiz. Afsuski, Lu hayotda moddiy tarafdan qiynalgan oilasiga yordam berish uchun orzusidagi hayot - katta …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

  • Panda Books

    31-oktabr 2021 y. 15:05

    Ba'zi xatolar shunchaki boshqalaridan ko'ra ko'proq yomon oqibatlarga olib keladi xolos

  • Panda Books

    31-oktabr 2021 y. 15:05

    Hamma narsa ertami-kechmi baribir o'zgaradi

  • Panda Books

    31-oktabr 2021 y. 15:05

    Qanchalik tezroq yangi ish topsang, shuncha yaxshi emish. Men eskisini yo'qotganimga atigi yigirma to'rt soat bo'ldi. Hech bo'lmasa, ozgina baxtsiz va bo'shashgan bo'lishga haqqim bormi? Hech bo'lmaganda bugun!

  • Panda Books

    31-oktabr 2021 y. 15:05

    Faqat siz, Uill Traynor, ayollarga la'nati ko'ylakni qanday kiyishni betakalluf aytib turolasiz

  • Panda Books

    31-oktabr 2021 y. 15:05

    Sizni doimo boshqa begona odam bilan solishtiraverishlari juda g'alati

Janr bo'yicha boshqa kitoblar