Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Skafandr va kapalak

Jan-Dominik Bobining yana bir mashxur asarlaridan biri "Skafandr va kapalak" romani bo'lib, yozuvchining to'satdan eng gullagan payti ya'ni 44 yoshida orttirib olgan falaj kasalligi domida yaratilgan asari hissoblanadi. Jan-Dominik Bobiga birov barcha harflarni o'qib berib, keraklisiga kelganda ko'zini yumib ochishi orqali yozilgan va  tutqundagi ruhning xotiralari, kechinmalaridan iborat asardir. Bu asarning qiymati shunchaki, badiiy to'qima emas, shu ahvolga tushgan odamning rostakam o'y-xayollaridir. U skafandriga qamalib fikrlar ekan, osmonda, ya'ni boshqa dunyoda kapalakning ozod bo'lishi mumkinmi-yo'qligini o'ylaydi. Kitob chop etilganidan ikki kun o'tib muallif vafot etadi. 

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
"Skafandr va kapalak" nomidan ko'rinib turganidek juda noyob va qimmatbaho asarlardan bo'lib, uning muallifi Jan Dominik Bobi mutlaq falaj bo'lib qolgan edi. Va shu davrda o'zining falaj bo'lishiga qaramasdan, ushbu asarini yaratishga muvaffaq bo'lgan buyuk adabiyot arboblaridan. Skafandr bu tana, kapalakni esa unga qamalib qolgan jon, ruh, yoki ilmiy olib qaraganda miyaning fikrlovchi, hali tirik qismi desak bo'ladi.Miyamizda hosil bo'lgan istakni tanamiz darhol bajaradi. Yaqin insonimizga shapaloq tortamiz, avtobus ortidan yuguramiz, muzlatgichni ochamiz, televizorni yoqamiz. Ruhiyatimizdagi holatlar, kayfiyatimiz ham darhol yuzaga chiqadi, qovog'imizni o'yamiz, yuzimizni bujmaytiramiz, jilmayamiz, tilimiz kimgadir sevgi izhor qiladi, kimningdir ko'nglini og'ritadi, kimnidir aldaydi.Muallif kasallik natijasida harakatdan mahrum bo'ladi. Faqatgina bitta ko'zini ochib yumadi, xolos. Shu yerda tana va jon masalasi yuzaga chiqadi. Bir odam hamma qatori tirik, o'ylaydi, quvonadi, qayg'uradi, zerikadi, jahli chiqadi, sevadi, afsuslanadi, nimalarnidir istaydi, nimalardandir bezor bo'ladi, lekin u o'z tanasiga qamalib qolgan va chap ko'zdagi bir tuynuk orqali dunyoni kuzatib turishga mahkum.
Kitob nomi: Skafandr va kapalak
Kitobning asl nomi: Diving Bell and the Butterfly
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Fransuz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-20-831-52
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar