Samaradorlikning 21 yo'li
Kitob vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, ish yoki o‘qish jarayonini tashkillashtirish, hayot tarzini o‘zgartirish, natijada qanday qilib samaradorlikka erishish haqida nazariyadan uzoq, aniq ma’lumot va qo‘llanmalarni beradi. Kitob talabalar, tadbirkorlar, ishchilar, rahbarlar, kuni va vaqtini tartibni solishni xohlaydigan hatto uy bekalariga ham tavsiya qilinadi.
Kitob nomi: | Samaradorlikning 21 yo'li |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Eat that frog! |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingliz |
Formati: | Yumshoq / 92 |
ISBN: | 978-9943-23-162-7 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | Nihol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
7-may 2023 y. 17:17
138
1. Nimani xohlayotganingizni aniqlab oling.
Bunga oydinlik kiriting va siz qayerga qarab ketayotganingizni nazorat qiling. Qanchadan-qancha insonlar har kuni ter to'kib, ahamiyatsiz ishlarga vaqt sarflashadi. Chunki ular aniq yo'llarini aniqlab olmaganlar.
Qoida: Keraksiz ishni qoyilmaqom darajada bajarish vaqtni isrof qilishdir.
Stiven Kovi shunday deydi: "Muvaffaqiyat narvoniga chiqishdan oldin u to'g'ri binoga tiralganiga ishonch hosil qiling."
2. Ishni tezroq boshlang.
Nima bilandir ishni boshlang. Istalgan narsa. G'ayrat bilan bajarilgan o'rtacha reja umuman bajarilmagan zo'r rejadan ancha afzalroq. Amaliy harakat siz uchun maqsadga yetishish yo'lidagi eng asosiy omil bo'ladi.
3. Yordamga hech kim kelmaydi.
O'z orzusidagi insonga aylanishi uchun kimdur ruhlantirishini(motivation) kutayotgan …