Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Quyosh hali botmagan

Ushbu " Quyosh hali botmagan" asari taniqli yozuvchi Luqmon Bo'rixon qalamiga mansub bo'lib, qissa janrida mahorat bilan yozilgan va barcha yosh-u qari kitobxonning birdek mehrini qozona olgan. Shu jumladan, adibning   bir qancha roman, qissa hamda, hikoyalari ham kitobxonlarni e'tiborini qozongan. "Quyosh hali botmagan" asarida Luqmon Bo'rixon yoshlarning  sarguzashtlari, hayot yo'llarida duch kelgan sinovlari, jasorat, mardlik va muhabbat mojarolaridan hikoya qiladi. Asar keng kitobxonlar hamda o'smir-yoshlar ommasiga mo'ljallangan, asarni o'qish davomida har bir kitobxon qalbidan chuqir joy egallay oladigan asar desak mubolag'a bo'lmaydi. 

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Luqmon Boʻrixonning “Quyosh hali botmagan” qissasida yana shuni aytishimiz joizki,  or-nomus, gʻurur kabi insonning oliy tuygʻulari  kurash negizida keng yoritiladi. Asarga tanlangan “Sahro soʻqmogʻida boshin egib jim, Bir kimsa ketmoqda, bilmasman u kim…” (A. Oripov) epigrafi ilk jumboq boʻlib, kitobxonni oʻyga toldirmasdan aslo qo'ymaydi. Ilk jumla esa , “Biz hali Absal polvonni tanimas edik”, deya boshlanar ekan, kitobxonning yanada qiziqishini orttiradi. Adib ikki doʻst – Davron hamda Norsoat portretini chizadi. Yoshligidan toʻqlikda oʻsgan, shoʻx, mard, aqlli, lekin biroz takabbur Davron feʼlida yetakchilik kuchli. Shoirtabiat, taʼsirchan Norsoat esa tobelikka moyil. Voqealar Kengsoy atrofida rivojlantiriladi. Absal polvonni vazmin, sodda, kamgap qilib tasvirlaydi. 
Kitob nomi: Quyosh hali botmagan
Kitobning asl nomi: Quyosh hali botmagan
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5220-0-8
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: Yoshlar
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar