Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Qur'on ilmlari

Libiyaga o‘qishga borganimizdagina, «Ulumi Qur’on» nomli ilm borligini, uning boshqa fanlar qatorida dars qilib o‘tilishini birinchi bor ko‘rdim. O‘quv jarayonida bu ilm bilan tanishar ekanman, uning qadrini, ahamiyatini anglab yetdim. «Ulumi Qur’on» ilmidan dars beradigan ustozimiz shayx Ibrohim Abdulloh Rufayda (Alloh u kishini rahmat qilgan bo‘lsin) Libiyaning ko‘zga ko‘ringan ulamolaridan edilar. Darslik sifatida livanlik olim Subhiy Solih rahmatullohi alayhining «Mabahis fi ulumil-Qur’an» degan kitobi tanlangan bo‘lsa ham, ustozimiz o‘zlari alohida tayyorlagan ma’ruzalar matni asosida dars o‘tar edilar. Gaplarining orasida «Ulumi Qur’on» bo‘yicha kitoblar ko‘p bo‘lsa ham, ulardan qoniqmaganlarini tez-tez ta’kidlab turar edilar.

3 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Dastlab bir oz murakkab tuyulgan bu ilmga qiziqishim keyinchalik beqiyos ortdi. Ko‘p narsalar ixlos bilan o‘rganildi. Nihoyat, shahodatnoma – diplom himoyasi uchun yoziladigan ilmiy bahsim ham aynan ushbu fanga oid bo‘ldi. Bu ilm yuzasidan ko‘plab maqolalar va kitoblar o‘qildi, ulamolar bilan suhbatlar olib borildi. Shu bilan birga, ushbu ma’lumotlar haqida vatanimizda ham hech bo‘lmasa ahli ilmlar «Ulumi Qur’on»dan xabardor bo‘lishsa edi, degan orzu qalbimda tez-tez takrorlanadigan bo‘ldi.Bu orzu Libiyadan o‘qishni bitirib kelganimdan keyin Imom Buxoriy nomidagi Islom ma’hadida ishlab yurgan kezlarimda amalga oshdi. O‘sha paytda o‘quv barnomasini va darsliklarni qayta ko‘rib chiqishga muyassar bo‘lgan edik. Bu ishda bizga davlatimizning diniy ishlar bo‘yicha kengash rahbari O‘zbek A’zamovich Rustamov ham yordamchi bo‘lgan edi. Men o‘sha vaqtda u kishiga «yangi» fan sifatida kiritilgan «Meros ilmi», «Mustalahul-hadis», «Ahkom oyatlari tafsiri» kabi Islom ilmlarining ahamiyati haqida ma’lumot berar edim. U kishi diniy idoraga aytib, bularni dars barnomasiga kiritishni maslahat berar edi.«Ulumi Qur’on» bo‘yicha qanday ma’lumot taqdim qilganim aniq esimda yo‘q, ammo bu ilm ham o‘sha paytda dars barnomasiga kirib qolgan edi. O‘quv bar-nomasidagi barcha ilmlarga taalluqli kitoblar qatorida «Ulumi Qur’on»ga oid kitoblar ham keltirildi. O‘zim dastavval mudir noibi, keyinchalik mudir lavo-zimida faoliyat yuritgan bo‘lsam ham, imkonini topib, tafsir, meros va «Ulumi Qur’on»dan dars berar edim. Shunday qilib, Alloh taoloning lutfi ila islo-miy ilmlar ichida nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan «Ulumi Qur’on» ilmi bizning yurtimizda ham fan sifatida o‘rganila boshladi.Alloh taoloning fazli va karami ila o‘z ona tilimizda dinimizga oid kitoblar yozish baxti nasib bo‘lganda, turli ilmlarga oid kitoblar bilan birga «Ulumi Qur’on»ga taalluqli kitob yozilishi ham ko‘zda tutilgan edi. Shoyad mu-sulmonlar ommasi ham bu ahamiyatli ilmdan birmuncha bahramand bo‘lsalar, degan niyat bizga hamroh edi. Ushbu ezgu niyat «Hadis va Hayot» silsilasining «Qur’on fazilatlari» deb nomlangan o‘ttizinchi juzi nashr etilishi bilan qisman ro‘yobga chiqdi. Ushbu kitobda Qur’oni Karim bilan bog‘liq bo‘lgan hadisi shariflarni sharh qilish jarayonida «Ulumi Qur’on»ga oid xabarlar kelgan o‘rinda bu ilmga doir ayrim ma’lumotlarni taqdim qilgan edim. Bu esa kishilarimizga kerakli ma’lumot-larni o‘ziga xos ravishda yetkazishga xizmat qildi. Mazkur kitobni o‘qigan kishi-larimiz buni anglab yetganlari juda ham quvonarli holdir.Bir kuni Qo‘qon tarafdan bir guruh kitobsevar ziyoratchilar kelishdi. Ularga o‘xshash odamlar bilan suhbatlashish insonning ruhini ko‘taradi. Kitob o‘qishning o‘zi kishiga qanchalik zavq bersa, u haqda suhbatlashish ham shunchalik zavq baxsh etadi. Mazkur ziyoratchilar bilan bo‘lib o‘tgan serzavq, mazmunli suhbat davomida ulardan biri quyidagilarni aytdi: «Qur’on fazilatlari» kitobingiz uchun alohida tashakkur aytamiz. Bu kitobni o‘qish orqali ko‘p narsani bilib oldik. Eng muhimi, o‘zimiz qanday kitobning ummati ekanimizni anglab yetdik va bu bilan faxrlandik…»Bu oddiy o‘quvchining gaplari menga qattiq ta’sir qildi. Yaxshi niyat bilan qilingan ishning ijobiy natijasini ko‘rish, u haqda eshitish har qanday kishiga quvonch baxsh etadi. O‘sha kezda men ham mana shunday hisni tuydim, lekin shu bilan birga, bu narsa kaminaga bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni yana ham jiddiyroq tarzda ado etib borish zarurligi mas’uliyatini yukladi. Binobarin, hadis ilmlariga oid «Mustalahul-hadis» kitobini yozib bitirgandan so‘ng «Ulumi Qur’on» bo‘yicha ham bu ilmning asoslari va qoidalariga amal qilgan holda alohida kitob bitishga azmu qaror paydo bo‘ldi. Qo‘limizda mavjud bo‘lgan manbalardan foydalanib, bir kitob ta’lif qilishga ojizona qo‘l urdik.
Kitob nomi: Qur'on ilmlari
Kitobning asl nomi: Qur'on ilmlari
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Qattiq / 504
ISBN: 978-9943-7035-6-8
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar