Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Qirolichaning yurishi

Ota-onasidan erta ayrilgan Elizabetni biqiq va zahmatga toʼla yetimxona hayoti qarshi oldi. “Mumkin”, “Mumkin emas” degan temir qoidalar, qatʼiy tartib-intizom ostida tarbiyalanayotgan qizaloq turli tazyiqlarga qaramay yetimxona farroshi janob Sheybeldan shaxmat oʼynashni oʼrgandi va favqulodda bu ­oʼyinga mehr qoʼydi. Tabiatan yolgʼizlikka moyil asar qahramoni tunlarni xayolan shaxmat taxtasi ustida oʼtkazar, donalarni koʼz oldida gavdalantirar, uning butun fikru xayolini oʼyinning ohanrabosi oʼziga band qilgandi. Kitobxon kichkina jussali Elizabetni koʼz oldiga keltirarkan, shafqatsiz oʼyinlar, shafqatsiz yurishlar, shafqatsiz hujumlar qarshisida mardonavor turgan qizaloqning irodasiga tan bermaslikning ilojini topolmaydi. Oʼz navbatida Elizabet ham har bir oʼyinga raqiblari kabi shafqatsiz munosabat bilan javob qaytaradi. Hayotning turli zarbalarini metin irodasi orqali chetlab oʼtgan Elizabet obrazi shaxmat oʼynashga ishtiyoq uygʼotishi bilan bir qatorda, oʼquvchini qatʼiyat va kuchli xohish-istak albatta muvaffaqiyat keltirishiga ishontiradi, maqsad sari dadil qadam tashlashga umidlantiradi. Zohiran kitob faqat shaxmat haqida yozilganday tuyulsa-da, oʼyindan boshlangʼich tushunchasi boʼlmagan har qanday odam uni hech bir qiyinchiliksiz oʼqiy oladi. Netflix 2020 yilda ushbu asar asosida suratga olingan shov-shuvli mini SERIАLni taqdim qildi.Ingliz tilidan Maftuna Pulatova tarjimasi

9 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Qirolichaning yurishi
Kitobning asl nomi: The Queen’s Gambit
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingilizcha
Formati: Qattiq/400
ISBN: 978-9943-7069-7-2
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Zabarjad media
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar