Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Puankare

Abduqayum Yo‘ldoshevning qalamiga manaub bo'lgan " Puankare" asari nomi bilan ham tashqi ko'rinishi bilan ham o'quvchini e'tiborini tortmasdan, o'qishga undamasdan qo'ymaydi. Asar bir umr o‘zi uchun yashashni orzu qilgan, endi bunga vaqt kelganda esa umrining nihoyasi yetib qolgan bechora matematik haqida. Asarni o‘qish davomida Puankare aslida nima ekanliga javob olamiz. Asarni o'qish davomida inson umri oqar suvdek ekani, o'tgan vaqtni qanchalik xohlasak ham qaytara olmasligimiz, har lahzamiz o'lchovli ekaniga yana bir bor amin bo'lamiz. Bu hikoyani o'zbek nasrining yutug'i desak, mubolag'a bo'lmaydi. Adib kichik hajmli asarga katta muammolarni sig'dira olgan. 

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
2 Taqriz
Asar bosh qahramoni oddiy, kamsuqum, qishloqdan chiqqan matematik yigit. U yoshi o'tib borayotganiga qaramay, ilm ortidan ketishga qaror qilgan. Lekin u oila a'zolari, ota - onasi va ularning orzu havaslari qurboniga aylandi. Qay ma'nodaki, bizning matematik o'z ilmiy ishi qolib, to'y tashvishlari, har xil marosimlar bilan ancha vaqtini yo'qotadi. Asardan parcha: "Baxtsizlik nomard ovchiday panada poylab turarkan: o'qi nishonga tegdimi, yovvoyi shavq bilan og'uli paykonlarini ketma ket yo'llayverarkan"
Kitob nomi: Puankare
Kitobning asl nomi: Puankare
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7575-3-0
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Akademnashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 20-may 2023 y. 21:15

    143

    Asarning bosh qahramoni - keksa matematik - zo‘r iqtidor egasi bo‘ladi-yu, o‘sha davr jamiyatining kamchiliklari girdobidan chiqib keta olmay, o‘zidagi kashfiyotlarni vaqtida dunyoga yoya olmagan ilm kishisi.
       Bizning nazarimizda ilm kishisiga yot bo‘lgan xarakter: xudbinlik, mezonni bilmaslik, yon atrofdagilar bilan hamohang yashamaganligi bois  oxir - oqibat telbaga aylandi... O‘z iqtidorini ko‘rsata olmasligiga, mana shunday ayanchli ahvolga tushishiga o‘zi va o‘sha davr jamiyati aybdor.
    ‘‘Turmush o‘rtoq’’ masalasida ham asar qahramonining omadi yurishmagan. Omad bo‘lmasligi mumkin, ammo harakat qilib o‘sha rafiqasini ham tarbiya qilsa bo‘lar edi.
    Asardagi bosh g‘oya - haqiqiy ilm kishisini yaratish, ilm qadriga yetish. (Mening nazarimda) Asardagi ‘‘- …

    Baholash: 0
  • 20-may 2023 y. 21:14

    178

    Bu kitobni o'qisangiz, rostdan ham u kitob qahramoniga aylanasiz.
    Sizni bilmadim-u, men bu kitobni o'qiganimda xuddi qahramondek his qilgandim o'zimni...
    Yillar, oylar,  mening umrim,  bir puch maqsad yo'lda qurbon bo'lgandek his qilgandim.  Bir taqdirda buni yaqqol ko'ramiz , lekin o'z umrimizdagi shunday arzimas narsalarga vaqtimizni sarflaymiz... Aslida o'sha qahramon har birimizning ichimizda bor, biz ham shunday alamli hollarga ko'p tushganmiz. 

    Puankare ~ armon bo'lgan orzularimning, qalbimdagi ifodasidir...

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar