O'n sakkizga kirmagan kim bor?
Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub bo'lgan ushbu " O'n sakkizga kirmagan kim bor" asari qissa janrida, 1964-yilda yozilgan. Shukur Xolmirzayevning «O'n sakkizga kirmagan kim bor?» qissasi oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida yozilgan oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Qissa yigirma besh yoshli yozuvchiga o‘zbek kitobxonlari orasida katta shuhrat keltirgan. Ushbu mashhur muhabbat qissasini oʻqimagan, hech bo'lmaganda nomini eshitmagan kitobxon yosh-u qari kam topiladi. Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga intilish va yoshlar xarakterining chiniqishi muammolariga bag‘ishlangan bu qissa, mana, deyarli yarim asrdan buyon, yoshlar tomonidan sevib o‘qiladi.
Kitob nomi: | O'n sakkizga kirmagan kim bor? |
---|---|
Kitobning asl nomi: | O'n sakkizga kirmagan kim bor? |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | O'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-5219-0-2 |
Nashr yili: | 2018 |
Nashriyotchi: | Yoshlar |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |