Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Omma psixologiyasi

Gustav Lebonning "Omma psixologiyasi " asari birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan. Kitobxonlar e'tiborini bugungi kungacha yo‘qotmay kelyapti. Necha yil o‘tgan bo‘lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o‘qishadi.

6 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
1 Taqriz
 Taniqli psixolog bu kitobida, omma yakka shaxsga qanday ta'sir o‘tkazishi, uning qanday shakllanishi,  qay yo‘sinda himoyalanish mumkinligi, omma ta'siriga tushmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida yozadi
Kitob nomi: Omma psixologiyasi
Kitobning asl nomi: The Crowd: A Study of the Popular Mind
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: fransuz
Formati: A6
ISBN: 978-9943-20-712-7
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 4-mart 2023 y. 17:46

    1145

    "Bugungi kunda gazetalardan shaxsiy qarashlarni kutish qiyin, chunki omma faqatgina yangiliklar va bachkana narsalarga oʻch boʻladi."

    1895-yilda fransuz psixologi, tarixchi va sotsiologi Gustav Lebon tomonidan yozilgan "Omma psixologiyasi" asari mutolaasi menda umumiy ma'noda yaxshi taassurot qoldirdi. Asar ijtimoiy-siyosiy mavzuda yozilgan bo'lib, undagi g'oyalar asosan Fransiyada 1812-1848-yillarda bo'lib o'tgan siyosiy o'zgarishlar zamirida yuzaga kelgan kuzatishlar mahsulidir. Unda nomidan ham ma'lumki, oddiy avom qanday tashkil topishi, uni qanday boshqarish kerakligi haqida qiziqarli fikrlar bayon etilgan.

    Aslini olganda, bu soha men uchun yangilik bo'lmadi. Universitet paytimda ispan olimi Xose Ortega-i Gassetning "Ommaning qo'zg'alishi" (Восстание масс) asarini mutolaa qilgandim. Albatta, unda ham barchasi ancha …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar