Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ochiq xat

Alloh taoloning irodasi ila musulmon olami o‘zining tarixi davomida ko‘pgina holatlarni boshidan kechirgan. Yaxshi holatlar ham bo‘lgan, shuning bilan birga noxush holatlar ham bo‘lgan. Bunday holat g‘ayrimusulmon xalqlar tarixida ham kuzatilgan. Aslida bu dunyo hayotining Alloh taolo joriy qilgan qoidalari shunday tuzilgan. Musulmon xalqlar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, tushkunlik holatlari o‘zining alohida xususiyatlari bilan ajra-lib turadi.Misol uchun, salib urushlari musulmon olami boshiga juda ko‘p balo-ofatlar kelishiga sabab bo‘ldi. Ikki yuz yil davom etgan bu urushlar sababidan musulmon olami misli ko‘rilmagan katta zarar tortdi. Ammo musulmon xalqlar hukamolar va ulamolar rahbarligida boshlariga tushgan bu musibatlarning sabablarini o‘rgandilar va uni bartaraf etish choralarini ko‘rdilar. Alloh taolodan yordam so‘ragan holda harakat qilib, yaxshi natijalarga erishdilar.

4 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
3 o'qigan
 
0 Taqriz
Undan keyingi eng katta musibat mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan bo‘ldi. Dastlab musulmonlar gangib qoldilar. Mo‘g‘ullarni qiyomat qoim yaqin qolganda chiqadigan ya’juj va ma’jujlar deb xayol qilganlar ham bo‘ldi. Ammo bu safar ham musulmon olami asta-sekin o‘ziga kela boshladi. Oxir-oqibat hukamolar va ulamolar rahbarligida boshlariga tushgan musibatning sabablarini o‘rganib, uni bartaraf etish choralarini ko‘rdilar. Alloh taolodan yordam so‘ragan holda harakat qildilar va yaxshi natijalarga erishdilar.Musulmon olamining boshiga tushgan uchinchi katta musibat mustamlakachilik bo‘ldi. Ushbu siyosat bo‘yicha olib borilgan harakat natijasida musulmon olamida u yoki bu mustamlakachi davlat qo‘l ostiga tushmagan musulmon xalq va tuproq qolmadi. Bu safargi musibat avvalgi ikki musibatdan kam bo‘lmadi. Ammo Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsinki, hukamolar va ulamolar rahbarligida boshlariga tushgan musibatning sabablarini o‘rgandilar va uni bartaraf etish choralarini ko‘rdilar. Alloh taolodan yordam so‘ragan holda harakat qildilar va yaxshi natijalarga erishdilar.Musulmon olami hozirda boshidan kechirib turgan musibatlar ham o‘zini bilgan har bir shaxs uchun juda katta musibatdir. Bu musibatning asosiy aybdorlaridan biri musulmonlarning o‘zlaridan chiqqan bema’ni toifalardir, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Mazkur toifalar qo‘zg‘agan va olib borayotgan johilona harakatlar oqibatida butun musulmon olami jafo chekmoqda. Ushbu jafo va musibatlarning hajmi shu qadar kattaki, hayotning turli sohalarida dunyo bo‘ylab musulmonlarga katta zararlar yetmoqda...Xayriyatki, ushbu ayanchli holatdan chiqishni o‘ylayotgan va bu borada qo‘lidan kelganicha harakat qilayotgan kishilar ko‘payib bormoqda. Jumladan, oxirgi paytda musulmonlar boshiga tushayotgan musibatlarga sabab bo‘layotgan toifalarga qarshi ba’zi musulmon ulamolar «ochiq xat» bilan chiqdilar. Bu xat muammoni hal qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan, ko‘pchilikka yaxshi ta’sir qilgan choralardan biri bo‘ldi. Ushbu ochiq xat matnini ko‘pchilikka yetkazish maqsadida uni bir risola shaklida chop etishni niyat qilgan edik. Shu munosabat ila, fursatdan foydalanib, yana aytmoqchi bo‘lgan ba’zi fikr va mulohazalarni ham qo‘shib taqdim qilishni ravo ko‘rdik. Zotan, har bir muammoni hal qilish uchun uning sabablarini yaxshilab o‘rganish va ularni birma-bir muolaja qilish zarur bo‘ladi. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, musulmon olamining hayotida paydo bo‘layotgan bugungi kundagi aksariyat muammolarning boshida bemazhab va ilmsiz jamoa va shaxslarning bedodliklari turadi. Kelasi satrlarda mazkur holatni ojizona bayon qilishga urinish bor, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Kitob nomi: Ochiq xat
Kitobning asl nomi: Ochiq xat
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Yumshoq / 240
ISBN: 978-9943-4449-0-4
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar