Napoleonzoda
Fransuz adibi Sharl Loran qalamiga mansub “Napoleonzoda” romani oʼz ichiga XIX asrning boshlari – Napoleon Frantsiyasi davrini olgan “Napoleonning josusi” asarining mantiqiy davomidir. Аsarda bayon qilingan asosiy voqealar bosh qahramon – Rim qiroli gersog Reyxshtadtskiy atrofida aylanadi. Gersog Reyxshtadtskiy asli buyuk fransuz sarkardasi Napoleon Bonapartning oʼgʼli – Jozef Fransua Sharl Bonapart. Otasining ayanchli taqdiri oʼgʼilning hayotiga ham soya soldiki, onasidan ayro yashagan, oʼz bobosi qoʼlida tutqun boʼlgan Napoleonzoda 21 yoshida sil kasalligidan vafot etadi...Kitobxon romanni mutolaa qilar ekan, XIX asr boshlaridagi ikki qirollik oliy nasab kishilar, tugʼishganlar oʼrtasidagi adovat, shaxsiy gʼarazlar buyuk insonlar hayotining qanchalar ayanchli boʼlganiga guvoh boʼladi.
Kitob nomi: | Napoleonzoda |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Son fils |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Fransuzcha |
Formati: | Yumshoq/240 |
ISBN: | 978-9943-27-800-4 |
Nashr yili: | 2016 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |