Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi

“Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar.“ «Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi» kitobi mashhur amerikalik biznes konsultant Stiven Kovi tomonidan yozilgan.

141 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
6 o'qigan
 
1 Taqriz
Kitob birinchi bor 1989 yilda nashrdan chiqadi. Oradan 15 yil o‘tib, 2004 yil kitob 38dan ortiq turli tillarga tarjima qilingan. 2011 yil avgustda “Time” jurnali ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25talik ro‘yxatiga kiritgan. Kitob bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Kitob doimo muvaffaqiyatga intiluvchilar uchun. U insonning rivojlanishi, hayot mazmuni va voqea-hodisalarga reaksiyasi, ya’ni javobi haqida. Stiven Kovi juda ko‘plab liderlik, muvaffaqiyat, samaradorlik mavzusidagi kitoblarni nafaqat o‘qigan, balki tahlil ham qilgan. Asarda ko‘plab mashhur (shunchaki mashhur emas, balki o‘zini maksimal darajada rivojlantirib, ichki xotirjamlikka erishgan)lardan misol keltiriladi. Ulardan eng yorqini - Viktor Frankl, “Hayotga «Ha» deyish: konslager Psixologi” kitobi muallifidir.
Kitob nomi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi
Kitobning asl nomi: 7 habits of highly effective people
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 380
ISBN: 978-9943-23-175-7
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2022 y. 6:58

    200

    Assalamu aleykum 

    BU kitobni shaxsiy rivojlanish uchun judayam yaxshi kitob deb maqtashdi, oshaning uchun p'qib kormoqchiman

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar