Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mustalahul hadis

«Mustalahul hadis» shunday ilmki, unda hadisni qabul qilish yoki rad etish uchun matn va sanadning ahvollarini tekshirishni o‘rgatadigan qoida va usullar o‘rganiladi».«Mustalahul hadis» ilmi bir necha usul va qoidalarni o‘rgatadigan ilmdir. Ana shu usul va qoidalarni o‘rgangan odam hadisning matnini, sanadini va ularning ahvollarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Ma’lum hadisning sanadida nima gap bor? U qabulga yaraydimi yoki yaramaydimi? Yarasa, qaysi darajada yaraydi? O‘sha hadisning matnida nima gaplar bor? U yaroqlimi yoki yaroqsizmi? Yaroqli bo‘lsa, nima uchun yaroqli? Xatosi yoki nuqsoni bo‘lsa, nima uchun xatoli yoki nuqsonli? Qisqasi, ushbu ilmda «Bu hadisni qabul qilamiz yoki qabul qilmaymiz» deya olishga yetadigan narsalar, usul va qoidalar o‘rganiladi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
«Mustalahul hadis» ilmida har bir hadisni qabul qilish yoki qilmaslik haqida hukm chiqarishdan oldin uning sanadi, ya’ni hadisni rivoyat qiluvchi shaxslar birma-bir o‘rganib chiqiladi. Ularning rivoyatlarining turlari, rivoyatlar uzilmay kelganmi yoki uzilib qolganmi, qaysi lafzlar bilan rivoyat qilingan va shunga o‘xshash ko‘p jihatlari o‘rganiladi.Hadisning sanadi o‘rganib bo‘linganidan so‘ng, uning matnini ham o‘rganish boshlanadi. Undagi nuqsonlar ham o‘ziga yarasha qoidalar asosida axtariladi. Olib borilgan izlanishlar natijasiga qarab, hadisni qabul qilish yoki qilmaslik haqida hukm chiqariladi.Bu ilmning foydasi hadislarning sahihini sahih emaslaridan ajratib berishdir. Ma’lumki, hadis diyniy hujjat sifatida Qur’ondan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan manba’dir. Ammo bu saviyadagi dalil bo‘lishi uchun hadis ma’lum darajada kuchli bo‘lishi shart.Turli sabablarga ko‘ra, hadislar aralash bo‘lib ketgan. Ularning sahihlarini, hujjat va dalil bo‘lish kuchiga egalarini va sahih emaslarini ajratish uchun alohida ilm zarur bo‘ladi. Ana shu ilm «Mustalahul hadis» ilmidir. Aynan shu ilm asosida ulamolarimiz qadimda hadislarni saralab chiqqanlar. Hozirda esa ularning qilgan ishlarini qayta ko‘rib chiqish uchun emas, balki tushunib yetish uchun «Mustalahul hadis» ilmi o‘rganiladi.
Kitob nomi: Mustalahul hadis
Kitobning asl nomi: Mustalahul hadis
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Qattiq / 384
ISBN: 978-9943-7034-4-5
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar