Mo'minning umr safari - mufassal haj kitobi
Har yili haj va umra qilish uchun safarga chiqadigan minglab musulmonlarimiz o‘zlariga kerakli kiyim, taom, mablag‘ va boshqa narsalar bilan birga ibodatlarining maqbul bo‘lishi uchun o‘ta zarur bo‘lgan risola, qo‘llanmalardan olishsa, maqbul ish bo‘lur edi. Shunday qilishsa, haj ibodatiga kirishar ekanlar, uni qay tartibda ado qilishda, qaysi o‘rinda nima qilish kerakligini anglashda, haj va umraning farz, vojib, sunnatlarini ajratishda, qayerda qanday duo va zikrlarni o‘qishda qiynalib qolishmaydi.
Janri:
Diniy adabiyotlar
,
Islom dini
5
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
1
o'qigan
0
Taqriz
Muxlislarimizga yaxshi ma’lumki, «Hilol-nashr» nashriyotimiz mo‘min-musulmonlarga Islom arkonlarini o‘rgatuvchi mufassal kitoblar silsilasini taqdim etishni rejalagan edi. Alhamdulillah, ushbu silsilaga kiruvchi «Mo‘minning me’roji» (mufassal namoz kitobi), «Mo‘minning qalqoni» (mufassal ro‘za kitobi), «Mo‘minning najoti» (mufassal zakot kitobi) nashr etilib, o‘quvchilarimiz tomonidan sevib o‘qib-o‘rganilmoqda.
Bugun siz, azizlarga ushbu silsilaga kiruvchi kitoblarning navbatdagisi – «Mo‘minning umr safari» (mufassal haj kitobi)ni taqdim etayotganimizdan mamnunmiz. Bu kitob haj va umra ibodati haqida nashr etilgan avvalgi kitoblardan shu bilan farqlanadiki, unda Allohga sevimli, o‘ta mas’uliyatli bu ham badaniy, ham moliy, ham ruhiy ibodatning mohiyati, uning ruknlari va nusuklari, haj va umraning fiqhiy asoslari tartibi bilan yanada kengroq, tushunarliroq va mufassalroq bayon qilib berilgan.
Kitobimizning avvalida haj ibodati haqidagi umumiy tushunchalar, haj va umraning vasfi va fazilati haqida kelgan Qur’oni Karimning oyati karimalari va Payg‘ambar alayhissalomning hadislari, haj ibodatining joriy etilish tarixi, hajning turlari, bu ibodatni ado etish bilan bog‘liq makon va zamon tushunchalari keng bayon qilib berildi. Shuningdek, kitobdan hajning ahkomlari, uning odoblari, nozik sirlari, hajga tayyorgarlik ko‘rishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqidagi masalalar ham o‘rin olgan.
Ana shularni hisobga olib, mazkur kitobimizda haj va umra qilishning tartib-qoidalari, haj va umrada bajariladigan turli amallar, ehromga kirish, tavof, sa’y, badal haji kabilarni bajarish yo‘llari, haj va umrada beixtiyor yo‘l qo‘yiladigan xatolar va ularning kafforati atroflicha bayon qilib berildi. Shuningdek, Mino, Arafot, Muzdalifa, Jamarot, Madinai munavvara kabi makonlarda qanday amallar ado etilishi ham tartibi bilan yoritildi. Kitobimizda ayollarning haj qilishdagi holatlari, bunda ularning erkaklardan qanday farqlanishlari masalalari ham batafsil ko‘rsatib berilgan.
Kitob nomi: | Mo'minning umr safari - mufassal haj kitobi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Mo'minning umr safari - mufassal haj kitobi |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Yumshoq / 232 |
ISBN: | 978-9943-4633-3-2 |
Nashr yili: | 2016 |
Nashriyotchi: | Hilol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |