Musulmonlarga ro‘za haqidagi oyat va hadislarni yetkazib, ta’lim bergan sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin!Qur’on va cunnatdan ro‘za haqidagi ma’lumot va ta’limotlarni chuqur o‘rganib, ulardan tegishli ahkomlarni chiqargan, tartibga solgan va osonlashtirib ketgan mujtahid ulamolarimizga Allohning rahmati bo‘lsin!Muhtaram o‘quvchilarimizga yaxshi ma’lumki, bundan sal oldinroq ko‘pchilikning talab-istaklarini inobatga olgan holda Islom arkonlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi turkum kitoblar nashr qilishni yo‘lga qo‘ygan edik. Mazkur turkumning namozga bag‘ishlangan «Mo‘minning me’roji» kitobi o‘quvchilarimiz tomonidan yaxshi kutib olinib, uning birinchi nashri juda tez tarqalib ketdi hamda tez orada ikkinchi nashri ham sotuvga chiqdi. Bugun sizlarning hukmingizga shu turkumdagi kitoblarning navbatdagisi – ro‘za masalalariga bag‘ishlangan «Mo‘minning qalqoni» nomli mufassal ro‘za kitobini taqdim qilayotganimizdan mamnunmiz. Zero, ro‘za bandalarni gunoh va xatolardan, do‘zax o‘tidan to‘suvchi qalqondir.Har yili Ramazoni sharif kirib kelishi bilan bu muborak oyning fazlidan bahramand bo‘lib qolish uchun ro‘za ibodati va uning ahkomlarini teranroq anglab yetishga harakat qilib qolamiz, ma’lumotlar qidirishga tushamiz. Lekin bu borada yetarli ma’lumotlar jamlangan kitoblarni topib o‘qish hammaga ham nasib etavermaydi, chunki ona tilimizda bunday kitoblar juda kam, borlarini ham topishga ko‘pda hafsalamiz yetishmay qoladi. Mana shu ma’noda qo‘lingizdagi asar bu boradagi mavjud bo‘shliqni to‘ldiradi, degan umiddamiz.Ma’lumki, Ramazon oyi ro‘zasining farzligi haqida yetarli ma’lumot olmaguncha kishi tutayotgan ro‘zasining ahamiyatini anglab yeta olmaydi. Shuning uchun qo‘lingizdagi kitobda dastlab ana shu mavzuda so‘z yuritiladi. Bu ibodat Qur’oni Karim oyatlari, Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislari va Islom ummatining ijmo’i bilan sobit bo‘lgani yetarli ravishda bayon qilib beriladi.Shuningdek, ushbu kitobimizda ro‘zaning behisob fazilatlari, uning sunnatlari, ro‘zaning turlari va vaqtining bayoni, bu ibodatning nozik sirlari, uning shartlari, fajri sodiqning alomati, ro‘za tutishni boshlash va to‘xtatishning hilol ko‘rish orqali bo‘lishi, hilolni ko‘rishdagi guvohliklar kabi boshqa kitoblarda kam yoritilgan mavzularga kengroq e’tibor qaratildi. Ro‘zadorning niyat qilishi, ro‘zadorga mustahab bo‘lgan amallar, ro‘zani buzadigan va buzmaydigan amallar, iftorlik va saharlik qilish, iftorlik paytida o‘qiladigan duolar, ro‘zadorning Ramazon oyida turli noshar’iy ishlardan tiyilishi, tilini yolg‘on, g‘iybat, bo‘hton, behayo so‘z kabi til ofatlaridan asrashi, shuningdek, Ramazon oyi va ro‘za ibodatiga oid ayollarga xos masalalar haqida ham ko‘pgina ma’lumotlar berildi. Ramazon oyida bo‘ladigan taroveh namozi, fidya, fitr sadaqasi, e’tikof o‘tirish, iyd namozini ado etish kabi ibodatlar haqida ham atroflicha to‘xtaldik.
Kitob nomi: |
Mo'minning qalqoni - mufassal roʼza kitobi |
Kitobning asl nomi: |
Mo'minning qalqoni - mufassal roʼza kitobi |
Nashr qilingan til: |
O'zbekcha |
Kitobning asl tili: |
O'zbekcha |
Formati: |
Yumshoq / 176 |
ISBN: |
978-9943-5977-9-2 |
Nashr yili: |
2019 |
Nashriyotchi: |
Hilol nashr |
Seriya: |
0 |
Yosh chegarasi: |
16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish
Iqtiboslar
Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud
emas.
Iqtibos qo'shish