Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mo'minning najoti - mufassal zakot kitobi

Hozirgi kunimizda ko‘plab kishilar zakotga oid turli masalalar bo‘yicha tinmay savollar berib, tushunmagan narsalarini so‘rab turadilar. Chunki bu mavzuni o‘rganish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Zakot haqida ona tilimizda alohida kitoblar kam chiqqan. Ushbu va boshqa ko‘pgina omillar hisobga olinadigan bo‘lsa, inshaalloh, qo‘lingizdagi kitobning bu boradagi ko‘pgina masalalarni to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi.

3 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
0 Taqriz
Islom dinining besh ruknidan uchinchisi bo‘lmish zakot ibodati haqida kerakli ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganish va bilish, ularga amal qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun zakot haqidagi bilimlarni keng tarqatishga hamisha ehtiyoj bo‘lgan va bu borada juda ko‘p kitoblar ta’lif qilingan. «Hadis va hayot» turkum kitoblarining sakkizinchi juzi ham aynan shu ruknga bag‘ishlangan edi. Bugun esa muhtaram o‘quvchilarimizga zakot haqida mufassal so‘z yuritilgan ushbu kitobni taqdim etayotganimizdan behad mamnunmiz va ular ushbu kitobdan o‘zlarini qiziqtirayotgan ko‘pgina savollarga javob topadilar, degan umiddamiz. O‘quvchilarimiz bu kitobdan zakotning farzligi, uning fazilati haqida, zakoti beriladigan va berilmaydigan mollar haqida, zakotga haqdorlar va zakotning to‘g‘ri bo‘lish shartlari xususida batafsil ma’lumot oladilar. Shuningdek, mazkur «Mo‘minning najoti» kitobida ko‘pchilikni doimiy ravishda qiziqtirib keladigan masala – qaysi xildagi mollardan qay tarzda va qancha zakot chiqarilishi haqida ham so‘z yuritiladi. Yana unda chorva hayvonlaridan olinadigan zakotlar va mazhablarning bu boradagi fikrlari haqida ham atroflicha so‘z yuritiladi.     Ziroat mahsulotlaridan chiqariladigan, «ushr» deb yuritiladigan zakot haqida ham kengroq bayon qilindi, chunki aynan zakot hisoblangan bu narsada bir qadar xatoga yo‘l qo‘yilayotgani hech birimizga sir emas. Shuningdek, ziroat mahsulotlarining nisobi va bu sohaga tegishli ko‘pgina masalalar ham batafsil yoritildi.     Hozirgi kunimizda zakot haqida so‘z borganda asosan muomaladagi pullardan zakot chiqarish tushuniladigan bo‘lib qolgan. Qadimda esa tilla va kumush pullardan zakot chiqarilgan. Masalani aniq bilib olish uchun tilla va kumush pulning zakotini ham, naqd pulning zakotini ham, qog‘oz puldan qanday qilib zakot chiqarilishini ham, tijorat mollari zakoti, taqinchoqlar, yetimning moli va asalning zakotini ham chuqurroq o‘rganish lozimki, kitobda shu mavzularga ham alohida o‘rin ajratildi. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlardan, yerosti va suvosti boyliklaridan zakot olinishi yoki olinmasligi haqidagi masalalar ham imkon qadar kengroq yoritildi.
Kitob nomi: Mo'minning najoti - mufassal zakot kitobi
Kitobning asl nomi: Mo'minning najoti - mufassal zakot kitobi
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Yumshoq / 200
ISBN: 978-9943-5112-7-9
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar