Men kimning qurboniman
"Men kimning qurboniman" romani turk adibasi Omina Shenliko'g'li qalamigap mansub . Asar qahramoni Gulshan ismli endigina 13 bahorni qarshi olgan qiz. Gulshan qarindoshinikiga mehmonga boradi va shu qarindoshi bilan shaharchasidagi istiroxat bog'ini tomosha qilish uchun chiqishadi. Va u yerda qarindoshi tomonidan unitib tashlab ketiladi. Ushbu romanda qishloq qizining achchiq va ayanchli qismatini, uning o‘smirlik davri va ayni gul yoshligining mahbuslikda o‘tishi voqealari aks ettiriladi
Janri:
Roman va hikoyalar
0
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
"Men kimning qurboniman?!"... muallif o‘zi taʼkidlagani - dek, hayotiy voqealar asosida yaratgan ushbu asarida u insonlarni loqaydlik, firibgarlik, johillik va ilmsizlik kabi illatlardan pok bo‘lishga, jamiyatda uyg‘oq yashashga chaqiradi. Yuzlab, minglab Gulshanlar, aybsiz aybdor bo‘lib, nohaq jabr chekkan, adolatsizlik qurboni bo‘lgan insonlar tomonidan haqli ravishda berilgan "Men kimning qurboniman" degan savolga Omina Shenliko‘g‘li keng va asosli fikrlar bilan javob berishga bel bog‘laydi va buning uddasidan chiqadi.
Kitob nomi: | Men kimning qurboniman |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Ben Kimin Kurbanıyım |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Turk |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-8022-5-4 |
Nashr yili: | 2022 |
Nashriyotchi: | Zukko kitobxon |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |