Ushbu asarni adib hayotiy voqea asosida — bosh qahramonning hikoyasi bo‘yicha yozgan. Asar voqealari Germaniya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan.
Asarning asosiy qahramoni nasroniy qiz — Mariya asar boshida irqchi va hatto millatchi shaxs sifatida ko‘zga tashlanadi. Lekin vaqt o‘tishi bilan boshqa irq va millat vakillari ham o‘zlari kabi inson ekanligini anglaydi.
Tasodifni qarang, Mariya ikkita musulmon yigit — misrlik Abdulvahhob va turkiyalik Mehmet — bilan tanishib, do‘stlashib qoladi. Mehmet bilan Mariya orasida muhabbat paydo bo‘ladi. Ular o‘zaro turmush qurishi uchun kimdir o‘z eʼtiqodidan voz kechishi kerak...
Abdulvahhob kim va u Mariyaning hayotida qanday rol o‘ynaydi? Mehmet aslida kim edi va u o‘z eʼtiqodini o‘zgartiradimi? Mariyaning otasi Sem va onasi Tereza qanday insonlar edi?
Abdulvahhob va nasroniylar yepiskopi o‘rtasidagi bahs qanday yakunlanadi va Mariya bularning bahsidan keyin qay ahvolga tushadi?
Mariya Turkiyaga nima uchun keladi va u maqsadiga erishadimi? Mariya, haqiqatan ham, Mehmetni sevarmidi yoki?.. Mehmet va Mariya o‘zaro turmush qurishadimi? Abdulvahhobning taqdiri qanday yakunlanadi?
Ushbu savollarga asarni o‘qish davomida javob topasiz!
| Kitob nomi: |
Mariya |
| Kitobning asl nomi: |
Mariya |
| Nashr qilingan til: |
O'zbekcha |
| Kitobning asl tili: |
Turk tilida |
| Formati: |
Qattiq / 288 |
| ISBN: |
978-9943-7200-4-6 |
| Nashr yili: |
2021 |
| Nashriyotchi: |
Zukko kitobxon |
| Seriya: |
0 |
| Yosh chegarasi: |
16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish
Iqtiboslar
Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud
emas.
Iqtibos qo'shish