Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mantiq ut-tayr

"Mantiq ut-tayr" fors tilida yozilgan bo'lib, uning forscha nomi– منطق الطیر, oʻzbekcha nomi esa– "Qushlar nutqi". Asar eronlik shoir Fariduddin Attorning fors tilida yozilgan 4500 misradan iborat sheʼriy toʻplamidir. Ushbu asar tasavvufiy shayx ramzida Hudhud nomli qushning boshqa 30 turdagi qushlar guruhi bilan boʻlgan majlisi va ularning safarlari haqida hikoya qiladi. Asar masnaviy shaklida yozilgan.„Mantiq ut-tayr“dan taʼsirlangan buyuk turkiy shoir Alisher

Janri: Tarix
0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
"Mantiq ut-tayr" asari bir hikoyat bilan boyitilib, orada yana ko‘p kichik hikoyatlar keltirilgan. Hoshiya hikoyaning asli  Muhammad yoxud Ahmad G’azzoliyga nisbat beriladigan «Risola ut-tayr»ga borib  taqaladi. Ibn Sinoning ham «Tayr qissasi» tasavvufiy asari bor. Bu risolada qushlar  Anqoni podshoh etib saylash uchun uni izlab, uzoq orolga — jaziraga borishga ahd  qilishadi. Yo‘lda ularning ko‘pi halokatga uchraydi. Yo‘lning oxiriga yetganlari - Anqoga:  «Seni o‘zimizga podshoh saylash uchun keldik», deydilar. Anqo istig‘no ko‘rsatib,  podshoh bo‘lmoq uchun ularga muhtoj emasligini aytadi va “Kelgan joylaringizga  qayting”, deb buyuradi. Nihoyat ularning ahvoliga achinib, podshohlikni qabul qiladi.  Attor bu hikoyani ko‘pgina tafsilotlar bilan ziynatlagan. Turli-tuman qushlarning Hudhud  bilan suhbatlarida Attor husni ta’lil san’atidan foydalanib, g‘oyat yangi bir tarzda  tasavvufiy, hikmatli fikrlarni ifodalaydi. Bundan boshqa, Anqo ismi o‘rniga shoir Simurg‘  ismini qo‘yish bilan «tajnisi murakkab» san’atidan foydalanib, «man a’rifa nafsaxu faqad  a’rifa rabbahu» so‘zining ma’nosini go‘zal bir tarzda anglatgan (Kim o‘zligini bilsa, Allohi  taoloni ham biladi). Simurg‘ni izlab kelgan qushlardan 30 nafari omon qoladi va oxiri  «Simurg‘» (30 qush) o‘zlari ekanini anglab yetadilar.
Kitob nomi: Mantiq ut-tayr
Kitobning asl nomi: Mantiq ut-tayr
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Fors
Formati: A5
ISBN: 978-9943-20-892-6
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 10 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar