Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Keksalarni e'zozlash

O‘zining abadiy dasturi bo‘lmish Qur’oni Karimda bandalarini keksalarni qadrlashga amr qilgan Alloh subhanahu va taologa jaloli va jamoliga mos hamdu sanolar bo‘lsin!Keksalarni e’zozlashni sunnatlarida joriy qilgan va bu ishda barchaga o‘rnak bo‘lgan oxirzamon Payg‘ambari Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavot va salomlar bo‘lsin!Keksalarni va o‘zidan kattalarni ehtirom qilish o‘z qadr-qiymatini bilgan har bir jamiyatning eng ahamiyatli qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Bu qadriyatlar ularga amal qilgan jamiyatlarda o‘ziga munosib oliymaqom joy oladi. Mazkur jamiyatlarda har bir inson keksalarni e’zozlash bo‘yicha o‘zining mas’uliyatini yaxshi biladi va bajaradi. Ana shunda har bir ish va shaxs o‘z o‘rnini topadi.   Qadimda bobo va momolarimiz dinimiz ta’limotlariga amal qilish jarayonida bu boradagi ko‘rsatmalarni ham go‘zal tarzda amalga oshirganlar va barchaga o‘rnak bo‘lganlar.Musulmonlar orasida keksalar doimo qadrlanib kelgan, chunki Islom shariatida bu ishga alohida ahamiyat beriladi. Zotan, qarilik inson hayotining ojizlik va zaiflik bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun yosh, baquvvat chog‘ida jamiyatga xizmat qilgan kishilarga qarigan chog‘larida yaxshilik qilish ularning yaxshiligini yaxshilik bilan qaytarish sirasidagi ishlar qatoriga kiradi. Islom shariatida har bir qariyaga o‘ziga yarasha imtiyoz be-rilgan. Ularning har biri jamiyatda e’zozlanish va ehtirom qilinish haqqiga egadir. Mazkur holatlarning barchasi musulmon-lar yashaydigan jamiyatda yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.   Biz, bugungi kun musulmonlari ham mazkur bobo va momolarimizga munosib bo‘lishimiz, barcha go‘zal odoblarimizga amal qilib, keksalarni e’zozlash, ularga izzat-ikrom ko‘rsatish ishlarini qoyilmaqom tarzda yo‘lga qo‘yib borishimiz lozimdir.Kattalarni ulug‘lash, e’zozlash, avaylash barcha payg‘ambar alayhissalomlarning sunnati va musulmon jamiyatlarining aso-siy belgilaridan biridir. Hozirgi kunda insonparvarlik borasidagi dinimiz ta’limotlarini o‘rganib, ularga amal qilishni yo‘lga qo‘yib borish jarayonida keksalarni e’zozlashdek buyuk insoniy fazilatni yaxshilab yo‘lga qo‘yib borish hammamiz uchun nihoyatda foydali bo‘ladi.   Keksalarga ko‘rsatiladigan hurmat va e’zoz musulmonlar ja-miyatida shariat ta’limoti asosida amalga oshiriladi. Ya’ni bu borada Qur’oni Karim oyatlaridan, Nabiy alayhissalomning hadislaridan, ulamolarning ijmo’laridan va ulug‘larning amal-laridan dalillar, hujjatlar bordir.   Quyidagi satrlarda keksalarni e’zozlash borasida kelgan oyat, hadis va shar’iy ta’limotlarni qo‘ldan kelganicha o‘rganib chiqishga ojizona harakat qilamiz. Alloh taoloning O‘zi bu ishi-mizning oson va manfaatli bo‘lishini nasib etsin!

3 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Keksalarni e'zozlash
Kitobning asl nomi: Keksalarni e'zozlash
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Yumshoq/96
ISBN: 978-9943-5775-5-8
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar