Jannatga yo'l
„Jannatga yoʻl“ — oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub dramatik doston. 1980-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi markaziy komitetining nashriyotida chop etilgan. Asar nazm va dramaturgiya janrlari xususiyatlarini oʻzida jamlagan. Doston fantastik va afsonaviy-mifologik mavzu asosida yaratilgan. Asardagi voqealar „narigi dunyo“da sodir boʻladi. Aslida esa mifologiya yordamida realistik hodisalar yoritilgan, yaʼni adib afsonaviy naql vositalari orqali real dunyo muammolarini talqin qiladi. Oripov ushbu asarida ezgulikni imkon borida yoki imkon boricha roʻyobga chiqariladigan istak emas, balki amalga oshirilishi zarur ehtiyoj oʻlaroq tasvirlagan. Kitob kirish soʻzini Matyoqub Qoʻshjonov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Neʼmat Aminov — muharrir, Javlon Umarbekov — rassom, Galina Lomivorotova — texnik muharrir, Adxam Joʻraboyev — musahhih.
Kitob nomi: | Jannatga yo'l |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Jannatga yo'l |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq/224 |
ISBN: | 978-9943-5299-3-9 |
Nashr yili: | 2018 |
Nashriyotchi: | G`afur G`ulom |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |