Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ilon Mask. Tesla, SpaseX va kelajak sari yo‘l

Texnologik mavzularda qalam tebratuvchi mashhur jurnalist Eshli Vens "Ilon Mask: Tesla, SpaseX va kelajak sari yo‘l" kitobida Silikon vodiysining eng yorqin, tap tortmas tadbirkori ilon Maskning hayoti va muvaffaqiyatlarini ilk marotaba xolis hamda keng yoritiladi. Ushbu kitobni yozish uchun Vens Mask bilan 50 soatdan ortiq vaqt suhbatlashdi va uning oila a’zolari, do‘stlari, yaqinlari, u bilan ishlagan xodimlardan qariyb 300 kishiga murojaat qildi.

61 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
1 Taqriz
Kitob hozirgi zamon sanoatining shakl-shamoyilini o‘zgartirib yuborgan Maskning Janubiy Afrikada kechirgan bolalik yillaridan tortib hozirgi davrgacha bosib o‘tgan yo‘li, PayPal, Tesla Motors, SpaseX va SolarCity kabi yirik kompaniyalarga asos solib, sayyoraviy biznes gigantiga aylanishi haqida maroqli tarzda hikoya qiladi. Muallifning fikricha, Maks jahon biznesi tarixida mislsiz iz qoldirgan tadbirkor bo‘lib, Tomas Edison, Genri Ford, Govard Xyuz va Stiv Jobs kabi afsonaviy innovatorlarva sanoatchilarning eng yaxshi jihatlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. Kitob liderlik tabiati bilan qiziquvchilar, yangi texnologiyalar rivojiga befarq bo‘lmaganlar, shuningdek, sifatli biografik asarlar ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.
Kitob nomi: Ilon Mask. Tesla, SpaseX va kelajak sari yo‘l
Kitobning asl nomi: Elon Musk: Tesla, SpaceX, and the Quest for a Fantastic Future
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz tilida
Formati: Qattiq / 512
ISBN: 978-9943-5787-2-2
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Info Capital Group
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 4-mart 2023 y. 17:38

    134

    Elon Musk. U dahomi yoki katta firibgarmi? Balki shunchaki omadi kelib qolgan boyvachchadir? Uning ortida katta kuchlar, masonlar turgandir balki? Kitobda shu va shu kabi savollarga javob beriladi.

    Kitobni maroq bilan o'qib chiqdim. Ilon Mask shaxsiyati men uchun doimo qiziq bo'lib kelgan. Nahot bizning jamiyatda mayda ishlarga emas, katta masshtabda fikrlashga o'rganish mumkin? Ha, mumkin va bu g'oyat ta'sirli. Har holda, dunyodagi barmoq bilan sanarli xususiy aerokosmik kompaniyasiga ega insonlar - noodatiy bo'lishi aniq.

    Tarjimayi holiga qarasak, aslida Ilon Mask Janubiy Afrika Respublikasida tavallud topgan, lekin ota-bobolari kelib chqiishi Kanadaga borib taqaladi. 17 yoshida yosh daho Kanadaga ko'chib o'tadi, o'sha …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar