Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ijtimoiy odoblar

Sizlar bilan ushbu satrlar orqali Islom dinidagi ijtimoiy odoblar borasida suhbat yuritish niyatidamiz. Alloh taolodan ishimizning oson ko‘chishida yordam so‘ragan holda buning barchamizga foydali bo‘lishini tilab duolar ham qilamiz.Alloh taolo O‘zining oxirgi dini Islomni mukammal qilgani, bandalariga bergan ne’matini batamom etgani, uni bandalariga qiyomat qoim bo‘lgunicha din deb rozi bo‘lgani siz bilan bizga ikki dunyoning baxti-saodatidir. Alloh taolo Moida surasida marhamat qiladi:«Bugungi kunda sizga diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim» (3-oyat).Dinning mukammal qilingani, ne’matning batamom etib berilgani va Islomni din deb rozi bo‘lingani to‘g‘risidagi xabar faqat o‘sha zamon musulmonlari yoki umuman, musulmon ummati uchungina emas, balki butun insoniyat uchun katta sharaf va bashorat edi. Bu ulkan xursandchilik xabari insoniyatning uzoq tarixi davomida saodat izlab qilgan harakat va urinishlariga toj kiydirib, go‘zal natijalar bergan edi.

23 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
0 Taqriz
Insonlarni yaratgan xoliqi Alloh taolo uni asta-sekin tarbiya ham qilib bordi. Barcha avlodlarga Islomni din qilib bergan bo‘lsa ham, har zamon va makonga o‘ziga xos shariat berdi. Ilk payg‘ambar Odam Atoga berilgan shariat o‘sha davrdagi sodda hayotga mos va o‘sha zamon voqe’ligini hisobga olgan sodda shariat edi. Keyingi davrlarda ham Alloh taolo xuddi shu qoida asosida har zamonning, makonning va jamiyatning o‘ziga xos holatlarini e’tiborga olgan holda shariatlar yuborib turdi. Tabiiyki, keyin kelgan shariat oldingisidan mukammalroq bo‘lar edi. Avvalgi payg‘ambarlar o‘z qavmlarigagina yuborilardi. Ularning payg‘ambarliklari, shariatlari ma’lum muddatga, ma’lum makonga va ma’lum jamiyat yoki qavmga xos edi. Shu tariqa ko‘plab payg‘ambarlar, shariatlar yuborildi. Nihoyat, insoniyat ayni kamolga yetgan paytida Alloh taolo payg‘ambarlarning oxirgisi Muhammad alayhissalomga samoviy kitoblarining so‘nggisi Qur’oni karimni nozil qildi va u orqali jamiki insoniyat uchun har zamon va har makonga salohiyatli Islom shariatini joriy etdi. Bu esa insoniyat uchun ulug‘ sharaf edi. Ana shu oxirgi shariatning mukammal ta’limi va tatbiqi yigirma uch yil davom etdi. Makkai mukarrama yaqinidagi Hiro g‘orida boshlangan bu olamshumul ta’lim Madinai munavvara va uning atroflarida davom etdi, vidolashuv haji chog‘ida – ushbu biz o‘rganayotgan oyatning nozil qilinishi bilan mukammal bo‘ldi. Va nihoyat, olamlarning Robbi O‘zining mo‘min-musulmon bandalariga «Bugungi kunda sizga diningizni mukammal qilib berdim», deb xitob qildi. Ushbu xitob Islom dini inson hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi shomil nizom ekanini ko‘rsatadi. Din e’tiqod masalalarini ham, shu bilan birga, odob-axloq, muomala, ma’naviyatlar, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy masalalar, ibodatlar, halol-harom va boshqa muammolarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur ishlarda shariat hukmiga amal qilganlar Allohning amriga itoat etgan bo‘lishadi. Kim Islom shariatini o‘z hayotiga dastur qilib olsa, ilohiy dasturni, barkamol dasturni qo‘llayotgan bo‘ladi. Uning aqiydasi komil, ma’naviy hayoti barkamol bo‘ladi. Ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi, ijtimoiy hayoti, turli aloqalari kamoliga yetgan bo‘ladi. Ikki dunyodagi baxt-saodati to‘kis bo‘ladi. Borliqni yaratgan Qodiru Zuljalol shu borliqning xalifasi etib insonni ham yaratgan. U O‘zi yaratgan borliqda O‘zi yaratgan odam qanday dasturga amal qilib yashasa, ikki dunyo saodatiga erishishini ham O‘zi yaxshi biladi. Azaliy va chegarasiz ilmi ila bandalari uchun rioya qilinishi lozim bo‘lgan odoblarni ham joriy qilgan. Biz ushbu kitobimizda mazkur odoblarning bir yo‘nalishi bo‘lmish ijtimoiy odoblar haqida so‘z yuritmoqchimiz.
Kitob nomi: Ijtimoiy odoblar
Kitobning asl nomi: Ijtimoiy odoblar
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Qattiq / 456
ISBN: 978-9943-7033-0-8
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar