Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Din nasihatdir

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMAlloh subhanahu va taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin!Mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotlar va durudlar bo‘lsin!«Islomning madori bo‘lgan hadislar sharhi» deb nomlangan silsilamizning birinchi va ikkinchi risolalarida Mujtahid ulamolar tomonidan Islomning madori deb tan olingan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ikkita hadisi shariflarini imkonimiz boricha o‘rgangan edik. Ushbu risolada Alloh taoloning O‘zidan yordam so‘ragan holimizda avval boshlagan ishimizni baholi qudrat davom ettirish niyatidamiz. Bu ojizona ishimizda Haq subhanahu va taoloning O‘zi madadkor bo‘lsin!«Islomning madori bo‘lgan hadislar sharhi» deb nomlangan silsilaning avvalgi ikki risolasida «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» va «Halol ochiq-oydindir» hadislari ba qadri imkon sharh qilindi. Mazkur ikki hadisi sharif ham o‘zida musulmon banda hayotining juda ko‘p sohalarini qamrab olgani uchun ularda fiqh, ruhiy tarbiya va boshqa sohalarda so‘z yuritishga to‘g‘ri keldi. Jamiyat hayotidagi turli holatlarga oid masalalar yuzasidan bahslar olib borildi. Ushbu risolamizdan o‘rin oladigan va siz azizlar bilan birga o‘rganmoqchi bo‘lib turgan hadisi shariflardagi bahs yuritiladigan mavzular ahamiyat jihatidan avvalgi ikki hadisi sharifning saviyasiga yaqin bo‘lsa ham, qamrov jihatidan har bir hadisning mavzusi bilan cheklanadi. Misol uchun, ushbu risoladagi birinchi hadis nasihatga, ya’ni xolislikka bag‘ishlangan. Boshqalari ham shunga o‘xshash.Ko‘pchilik katta imomlar, muhaddislar va mujtahidlar Islomning madori deb atagan hadisi shariflardan biri qisqacha qilib «Din nasihatdir» deb nomlanadi. Mazkur hadisi sharifning matni quyidagicha:Tamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Din nasihatdir», dedilar. «Kim uchun?» dedik. «Alloh uchun, U Zotning Kitobi uchun, U Zotning Rasuli uchun va musulmonlarning imomlari hamda ommalari uchun», dedilar». Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Din nasihatdir
Kitobning asl nomi: Din nasihatdir. Behuda ishlarni tark qilish kishi islomining husnidandir.
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Qattiq/176
ISBN: 978-9943-6459-9-8
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar