Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
AQSHlik professor Kel Nyuportning «Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari» kitobi ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kitob uchun oldindan buyurtma e’lon qilinmoqda. Ishda, o‘qishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalg‘itadimi? Demak, AQSHlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun.
Kitob nomi: | Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Deep Work: Rules for Focused Success in a Distracted World |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingliz |
Formati: | Qattiq / 230 |
ISBN: | 978-9943-23-167-2 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | None |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | None dan None gacha |
Taqrizlar
-
19-dekabr 2022 y. 8:39
284
Hozirgi zamonaviy dunyoda yashash osonlashgani bilan birga murakkablashib ham bormoqda. Kasb-hunarlar kundan-kunga ko‘paymoqda. Bunda 10 yil oldin yetti uxlab tushimizga kirmagan kasblar hayotimizga kirib keldi. Bu jadal rivojlanib borayotgan zamonda yashab qolish, rivojlanish qiyinlashib bormoqda.
Ayni zamonamizda insonlarning turmush tarzi ham yengillashdi, ba’zi ishlar yuqori tezlikda bajariladigan bo‘ldi. Lekin, ko‘pchilik insonlar sayoz ish va yumushlarga chalg‘ib, o‘zlarining hayotlarida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan ishlarini unutib qo‘ymoqdalar.
Shu va shunga o‘xshash muammolarga o‘zining falsafiy qarashlari, tajribadan o‘tgan bilimlari bilan yechim bergan Jorjtaun universiteti professori Kel Nyuportning “Diqqat” kitobini o‘qishni tavsiya qilaman.
Unutmang, kam sonli aniq maqsadlilar jamoasiga qo‘shilib, ko‘p sonli chalg‘iganlar toifasini …
-
28-noyabr 2022 y. 12:21
297
Men bu kitobga qiziqib qolganim uchun qidirib shu saytdan topdim va bundan juda xursandman. Bu sayt tashkilotchilariga raxmat aytib qolaman. Kelajakda bu kitob men o'ylagan rejalarimga katta xissa qo'shishiga umidvorman.
Iqtiboslar
-
Agar siz yangi mahsulot ishlab chiqarmasangiz, qanchalik qobiliyatli va iqtidorli bo‘lmang, rivojlana olmaysiz.
-
O‘z sohangizda ilgarilamoqchi bo‘lsangiz, tizimli ravishda sohangizga muvofiq mavzularni diqqat nurlarini jamlagan holda tadqiq etib, ulardagi yashirin haqiqatni yorug‘likka olib chiqishingiz kerak.
-
Daholarning buyukligi ularning bor kuchini muayyan ishga — to‘liq iqtidorini namoyish qilgan holda yo‘naltira olishidadir.
-
O‘zimiz uchun nima ahamiyatligini aniq bilsak, nima ahamiyatsizligini ham bilamiz.
-
Miyamiz dunyoqarashimizni nimaga e’tibor berishimizga asosan shakllantiradi.