Bozor va unga bog'liq masalalar
Qadimgi fuqaholarimiz ushbu «Bozor va unga bog‘liq masalalar» deb atayotgan kitobimizda keladigan masalalarga oid bobni «Kitobul bay’i» – «Savdo kitobi» deb atashgan.Har bir inson turmush taqozosi ila hayotida doimiy ravishda moliyaviy muomalalarga duch keladi va bu muomalalarda ishtirok etadi. Ayni shu muomalalar odamlarning ko‘p vaqtini va faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Janri:
Diniy adabiyotlar
,
Islom dini
3
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
Moliyaviy muomalalar tartibga solinmasa, ularning qoidalari bo‘lmasa, kishilar orasida kelishmovchiliklar ko‘payishi aniq. Shuning uchun ham Alloh taolo bu ishni O‘z zimmasiga olgan va umumiy ta’limotlarni bayon qilib bergan. So‘ngra Payg‘ambarimiz alayhissalom orqali bu ishlarning tafsilotini yo‘lga qo‘ygan. Shu tariqa savdo sotiqqa oid islomiy hukmlar musulmonlar hayotiga tatbiq qilingan. Islomdan oldingi davrdagi bu borada shakllangan noto‘g‘ri hukmlar birin-ketin bekor bo‘la boshlagan.Keyinchalik fuqaholarimiz ushbu mavzuda kelgan oyat va hadislardan chiqadigan hukmlarni tartibga solib, ijtihod darajasiga yetmagan musulmonlar uchun ularga yordam tariqasida osonlashtirib, tushuntirib berishgan. Hozirgi kunimizda odamlar orasida moliyaviy muomalalarda turli kelishmovchiliklar, urush-janjallar va mahkamabozliklar chiqayotgani hech kimga sir emas. Bu kabi noxush holatlarni kamaytirish uchun nima qilish lozim? Bizningcha, shariatimizda ko‘rsatilgan ta’limotlarni yaxshilab o‘rganib, ularga amal qilish zarur.
Kitob nomi: | Bozor va unga bog'liq masalalar |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Bozor va unga bog'liq masalalar |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Yumshoq / 104 |
ISBN: | 978-9943-7034-9-0 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Hilol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |