Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Bonu

Adabiyotshunos Ibrohim G‘ofurovning aytishicha, roman ko‘p fojiali damlar, fojiali sho‘rishlar, ayriliqlar, xiyonatlar, sharmandaliklar, razolatlarni o‘z boshidan kechirgan Bonu ismli go‘zal qiz – muallimaning tilidan maktublar, kundaliklar, xotiralar tarzi-usulida bitilgan”.Ushbu asar Iqbol Mirzoning ilk romani, bundan oldin “Zarb” nomli qissasi chop etilgandi. Shu paytgacha muallifning “Yurakning shakli”, “Ko‘ngil”, “Seni sog‘inaman”, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” va boshqa she’riy kitoblari chop etilgan.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Asarda Buxorolik yosh qiz Bonuning hayoti yoritilgan. Mir Arab madrasasi tuprog'ini , 10 yil yalab ilmi komil bo'lgan mo'min boboning o'gitlari, adabiyot muallimi bo'lgan otasidan, kutubxonachi onadan tarbiya olgan Bonu yoshligidan ko'chada o'ynab- quvnab o'sgan tengdoshlaridan farqli o'laroq, xontaxtada tirsak sanchib, Allohning kalomini va hadisi sharifni tinglab, goho Xo'jamnazar Huvaydo g'azallarini o'qib yodlab ularning sehri -jozibasi bilan ulg'ayadi. Hayotining mazmuni mutolaaga aylanadi. Ammo bobosing vafoti unga ilk zarba bo'ldi... Yillar o'tdi u talabalar safiga qo'shildi. Olmos bilan tanishdi. Olmosning she'riyatga ixlosmandligi ularni yaqinlashtirdi. Orada ko'rinmas rishtalar bog'landi. Bu rishtalar muhabbatga aylandi. Ne ajabki bu orada Bonu taqdirning ikkinchi zarbasiga uchradi. Jonidan ortiq ko'rgani otasidan judo bo'ldi. Dard kelsa qo'sha- qo'sha keladi deganlaridek, tanasini oq dog'lar o'rab oldi. Bu orada Olmos boshqa qizga uylandi. Hayot Bonuga ko'plab zarbalar yubordi. Lekin Bonu hayot zabralari bilan birma -bir kurashga o'zida kuch topdi. Asarni o'qib o'ylanib qolasan. Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa o'n beshi yorug' bo'ladi, deyishadi. Lekin qani o'sha Bonuga atalgan yorug'lik?! shu kabi savollarga kitobni o'qigach javob olasiz.
Kitob nomi: Bonu
Kitobning asl nomi: Bonu
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-26-856-2
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: Sharq
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar