Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Beparvolikning nozik san'ati

"New York Times" bestselleri 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan So‘nggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali o‘zimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolg‘on tasavvurlarimiz va ularni to‘g‘rilash haqida yozdi. Nihoyat, u o‘zining achchiq haqiqatlarini qo‘lingizdagi kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli bo‘lishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni to‘xtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb ko‘rsatadi.

60 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
8 o'qigan
 
1 Taqriz
“Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday bo‘lmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson.  Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va o‘rinli o‘tkir hazillari yordamida o‘z argumentini quvvatlaydi. Muallif imkonimiz cheklanganini bilib, buni boricha qabul qilishni maslahat beradi. “Bu – qudratli bo‘lishning chin manbai, – deydi u. – Qo‘rquvimiz, nuqsonlarimiz va mubhamliklarni boricha qabul qilgach, ortiq ulardan qochmaymiz, balki ularga qarshi yuzlanamiz, izlaganimiz jasorat va ishonchga erishamiz.”Kitobni o‘qir ekansiz, muallif ko‘ngilochar hikoyalaru achchiq hazillar bilan yelkangizdan silkib, mudroqdan uyg‘otgandek bo‘ladi. “Beparvolikning nozik san’ati” yanada mazmunli, qoniqarli umr kechirishimiz uchun tetiklashtiruvchi tarsakidir. MARK MENSON – “New York Times” hamda xalqaro miqyosda bestseller deb tan olingan “Beparvolikning nozik san’ati” asarining muallifi. Uning markmanson.net blogi oyiga ikki milliondan ortiq o‘quvchilarni jalb etadi. Menson Nyu-York shahrida istiqomat qiladi.
Kitob nomi: Beparvolikning nozik san'ati
Kitobning asl nomi: The Subtle Art of Not Giving a ***
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 192
ISBN: 978-9943-23-163-4
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: None dan None gacha

Taqrizlar

  • 24-sentabr 2021 y. 22:08

    531

    "Тонкое искусство пофигизма" oʻzining yangicha qarashlari bilan menda yaxshi taassurot uygʻotdi. 

    Bunda oʻrgangan eng muhim narsam shu boʻldiki, hayotizda sodir boʻladigan barcha voqea -hodisalarga javobgar boʻladigan yagona inson — sizning oʻzingizdir!

    Mark Mensonning "Тонкое искусство пофигизма" asari bir narsani yaxshiroq tushunishimga yordam berdi. Ya'ni bu foniy dunyoda o'zingiz biror harakat qilmagunizcha, hayotingizda hech narsa o'zgarmaydi. Hech narsa!

    To'g'ri, hayot yo'lingiz davomida boshingizga tushadigan muammolarning barchasida ham siz aybdor bo'lmasligingiz mumkin. Lekin ularni o'zingiz harakat qilib yechishga majbursiz. Shunchaki hayot qonuni shunaqa.

    Na ota-ona sizga, na siz ota-onangizga ularning o'rniga muammolarini yechishga qodir emas. Har kim o'z muammosini o'zi hal qiladi. …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar